Breaking News

BMT Andijondagi voqealar yuzasidan tekshiruv o'tkazishi mumkin


O'zbekiston hukumati bir guruh chet-el diplomatlari va jurnalistlarni chorshanba kuni xavfsizlik kuchlari va hukumatda norozi namoyishchilar o'rtasida bo'lib o'tgan to'qnashuvlar joylarini ko'rsatish maqsadida, Andijonga borishlari uchun imkoniyat berdi.

Ular bir guruh o'zbek hukumati vakillari hamrohligida avtobuslarda shahar aylandilar, biroq istagan joylariga bora olmadilar. Ular, shuningdek, bo'lib o'tgan voqealarning hukumat bergan talqinini keltirgan shahar aholisi bilan ham uchrashdilar.

O'zbekiston hukumati namoyishchilarga qarata hukumat qo'shinlari emas, qurolli isyonkorlar o't ochdi, deb aytmoqda. Hukumat bergan ma'lumotlarga ko'ra, halok bo'lgan 169 kishining 32 tasi hukumat qo'shinlari. Biroq muxolifat guruhning aytishicha, bo'lib o'tgan to'qnashuvlarda 745 ga yaqin odam halok bo'lgan. Mazkur guruh marhumlarning ro'yxatini tuzish bilan shug'ullanmoqda.

Bugun Jenevada BMT ning inson huquqlari bo'yicha bosh komissari Luiza Arbur Andijondagi bo'lib o'tgan voqealar bo'yicha mustaqil tekshiruv bo'lib o'tishi kerakligini aytib o'tdi. Kecha mamlakat prezidenti Islom Karimov ham, BMT dan boshqa hech bir mamlakat yoki tashkilotning qonli to'qnashuv borasida tekshiruv o'tkazishga haqqi yo'q, deb aytdi.

XS
SM
MD
LG