Breaking News

<i>Umar Hayyom Afsonasi </i>katta ekranga chiqdi


Mazkur filmning yaratilishi - AQShga Erondan 11 yoshida kelgan Kayvan Mashoyih uchun eng ulkan g’alaba. Sobiq qonunshunos kinematografiya sohasida Nyu Yorkda ta’lim olib, hayotining so’nggi yetti yilini ushbu loyihaga bag’ishladi.

“Umar Hayyom Afsonasi” nomli filmda O’zbekistondagi qadimiy, fusunkor saroylar va sharqona go’zallik suratga olingan. Asar Eronning XI asrdagi manzarasini aks ettiriladi.

Filmning bir qismi Texas shtatining Xyuston shahrida va Yevropada olingan bo’lsa, boshqa qismi O’zbekistonda tushirilgan. Filmdan XI asr va hozirgi zamon voqealari o’rin olgan.

Filmning bosh qahramoni, aslida tarixchi, Xyuston shifoxonasida rak kasalligidan o’lim to’shagida yotgan bir eronlik muhojirdir. U oilasining Umar Hayyom haqidagi afsonalarini saqlab qolish vasiyatini meros qilib olib, so’ngra bu majburiyatni ukasiga topshiradi.

Film tomoshabinga amerikaliklar o’z kinolarida kam ko’radigan Yaqin Sharq oilasidagi mavjud sevgi-muhabbatni namoyon etadi. Biroq 2001 yilning 11 sentyabridagi voqealar “Umar Hayyom Afsonasi” filmining bitishini kechiktirdi.

- O’sha ikkita samolyot 2001 yilning 11 sentyabrida Jahon savdo markaziga urilganida, Amerikada yashayotgan nasl-nasabi yaqin shaqrlik amerikaliklarning hayotlariga ham zarba berdi,- deydi Kayvan Mashoyih.

Voqea ketidan film uchun mablag' ajratishgan va'da bergan tomonlar o’zlarini chetga olishdi. Shunga qaramay, Umar Xayyom asarlaridan ilhomlangan Mashoyih bo’sh kelmadi.

- Aql bilan e’tiqod o’rtasidagi muvozanatni topgan, she’riyat bilan ilmni mujassamlashtirgan va Eron tarixining bir qismiga aylangan bu buyuk insonning aniq va ravshan falsafasiga tan berdim,- deydi u. Mashoyihning aytishicha, odamlar islom dinining salbiy tasavvuriga qarshi kurashish uchun islomning aynan shu tarafini ko’ra bilishlari kerak.

“Umar Hayyom Afsonasi” ni tomosha qilganlarning ba’zilari, film odamlarning islom dini haqidagi salbiy tasavvurlarni o’zgartirishi mumkin, degan fikrda.

- Bu odamlarning aynan nimani munozara qilishlariga bog’liq. Ko’nglini ochiq tutgan odamlar, filmdan ko’p narsalarni o’rganishlari mumkin. Tor fikrlovchilar esa hech narsa o’rganmaydi,- deydi filmi tomosha qilganlardan biri.

Ba’zi eronlik-amerikaliklarning fikricha, film ularga o’tmish va qadriyat haqida ko’p narsani o’rgatadi.

- Bu biz yaxshi bilmagan an’anamiz va madaniyatimizning bir bo’lagi. Menimcha, filmning mavzusi juda ajoyib. Amerikaliklar bu haqda ko’proq bilishlari zarur,-deydi film muxlislaridan biri.

Kayvan Mashoyixning umid qilishicha, asar ongning mutaassiblikdan ustunligi hamda madaniy ana’ananing qadr-qimmati haqida hiloya qilgani uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.

- Har bir filmning maqsadi odamlarga mulohaza, hissiyot, ma’naviyat, keng dunyoqarash va yangilik tomon yo’l ochishdir. Agar mening filmim ana shuning uddasidan chiqa olsa, bu men uchun katta muvaffaqiyat bo’ladi,- deydi Mashoyih.

“Umar Hayyom Afsonasi” filmi hozirda AQShning bir necha shaharlarida ko’rsatilmoqda va yaqin kunlarda boshqa mamlakatlarda ham namoyish etila boshlaydi.

XS
SM
MD
LG