Breaking News

O'zbekiston 2008 yilda o'lim jazosini bekor qiladi


O’zbekiston prezidenti Islom Karimov 1 avgust kuni qaror chiqarib, unga ko’ra mamlakatda o’lim jazosi 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab, bekor qilinishini, ma’lum qildi.

O’zbekiston matbuotida chop etilgan qarorga ko’ra, o’lim jazosi umrbod yoki uzoq yillik qamoq jazosiga almashtiriladi. Qarorda, shuningdek, O’zbekistonda yiliga 50 dan 60 gacha o’lim jazosi chiqarilishi va uning ijro etilishi ma’lum qilinadi.

Biroq inson huquqlarini himoyalash tashkilotlariga ko’ra, amalda yiliga kamida 100 gacha o’lim jazosiga hukm etilgan mahbuslar qatl etiladi.

XS
SM
MD
LG