Breaking News

Markaziy Osiyo xabarlari-21 fevral


QOZOG’ISTON

Qozog’iston ichki ishlar vaziri Baurjan Muhammedjanovning ITAR-TASSga ma’lum qilishicha, Qozog’iston muxolifati vakili Oltinbek Sarsenbayevning o’limida ayblanayotgan shaxslar qo’lga olingan. Sarsenbayev, tan soqchisi va haydovchisi jasadlari 13 fevral kuni Almati yaqinidagi yo’lda topilgan edi. Har uchchalasi boshidan o’q yegan. Vazir Muhammedjanovga ko’ra, qotillikni sodir etgan besh kishi va jinoyat tashkilotchisi aniqlangan va xibsga olingan. Vazirning ta’kidlashicha, qo’lga olinganlar hozirda ko’rsatma bermoqdalar va ularning ismlari tergov manfaatlari yo’lida oshkor qilinmaydi.

QIRG’IZISTON

Kecha Qirg’iziston parlamenti, spiker Omurbek Tekebayevning iste’fosiga rozilik bermadi. Qirg’izistonning 75 a’zolik Juqorg’i Kengesi 34 ga 26 ovoz bilan Tekebayev iste’fosini qabul qilmadi. Parlamentning 13 a’zosi ovoz berishda ishtirok etmagan.

3 fevral kuni mamlakat prezidenti Qurmanbek Bakiyev, Tekebayev boshchiligidagi parlament a’zolarini hukumat tomonidan taqdim etilgan bir qator qonunlarni, jumladan xususiylashtirish va byudjet qonun loyihalarini tasdiqdan o’tkazmaytoganlikda ayblagan edi. Shundan so’ng, Tekebayev prezidentni saylovoldi kampaniyasida bergan va’dalarini bajarmayotganlikda ayblab va shu bilan birga uni haqorat qilib, 10 fevral kuni o’z iste’fosini e’lon qilgan edi.

TURKMANISTON

Turkmaniston prezidenti Saparmurot Niyozov o’zining 66 yoshini, kitoblari sharofatiga bag’ishlangan tilla va kumush tangalarni bosib chiqarish bilan nisholadi. Mazkur kitoblar Niyozovning she’riy to’plami va Ruhnoma kitobining ikki tomidan iboratdir.

Avvalgi tavallud ayyomida esa Niyozov o’z oilasi shajarasi tasvirlangan tangalarni bosib chiqargan edi. Turkmanboshining tug’ilgan kuni 19 fevralda, davlat bayrog’i kuni bilan birgalikda nishonlanadi.

XS
SM
MD
LG