Breaking News

O'tkir Sultonov ishdan olinib, o'rniga Ergash Shoismatov tayinlandi


3 aprel kuni Toshkentda O’zbekiston Bosh vaziri muovini O’tkir Sultonov ishdan olindi.

Prezident Islom Karimov farmoniga ko’ra Sultonov boshqa lavozimga o’tgan, ammo aynan qaysi o’ringa ekani noma’lum.

Sultonov mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya, neft va gaz, geologiya, elektroenergetika, kimyoviy mahsulotlar sanoati, standartlashtirish va metrologiya, davlat va safarbarlik zahiralari kabi tizimlarga rahbarlik qilish vazifasidan olingan.

Sultonov egallab kelgan lavozimga, prezident farmoniga binoan, Ergash Shoismatov tayinlangan.

XS
SM
MD
LG