Breaking News

Andijonda fransuz jurnalist kaltaklangan, shahardan haydalgan


Andijonda Agence France-Presse axborot agentligining muxbiri Antuan Lambroskini (Antoine Lambroschini) kaltaklangan va shahardan chiqarib yuborilgan.

Antuan Lambroskinining shaharga Andijon fojealarining bir yilligi munosabati bilan maqola tayyorlash uchun borgan, biroq jurnalist bir guruh kishilar tomonidan ushlangan, kaltaklangan va shahardan chiqarib yuborilgan.

Fransiyaning O`zbekistondagi elchixonasiga ko`ra, Antuan Lombroskinining qayerda ekanligi, shuningdek, kaltaklangan yoki kaltaklanmagani haqidagi aniq xabarlar ham yo’q.

Mal`umotlarga ko`ra, 11 may kuni Andijonga borgan jurnalist Cho`lpon xiyobonida, o`tgan yil hukumat qo`shinlari aholini o`qqa tutganligi ta`kidlangan ko`chada, noma`lum kishilar tomonidan ushlanib, so`roqqa tutilgan. Keyinchalik, jurnalistdan olib qoyilgan narsalari qaytarilgan.

Kuzatuvchilar nazarida Andijondagi qonli voqealardan bir yil o’tib ham shahar xalqaro jurnalistlar uchun yopiq shaharligicha qolmoqda. Hozirgacha fojea guvohlarining aksariyati mamlakatdan chiqib ketgan. Ko`plari qamoqqa tashlanganiga qaramasdan, shaharda ommaviy nazorat davom etayotganligi aytiladi.

XS
SM
MD
LG