Breaking News

Turinda Jahon Shaxmat Olimpiadasi yakunlandi


Italiyaning Turin shahrida 37-Jahon Shaxmat Olimpiadasi o’z nihoyasiga yetdi. Turnirni bir maromda va yuqori darajada o’tkazgan Armaniston erkaklar jamoasi so’nggi turda Vengriya bilan duran o’ynab, 36 ochko bilan Olimpiada oltin medallarini qo’lga kiritdilar. Ayollar o’rtasida esa chempionlik 29,5 ochko to’plagan ukrainalik shaxmatchi qizlarga nasib etdi.

Kecha O’zbekiston erkaklar terma jamoasi Gretsiya bilan 2-2 o’ynab, bugun esa so’nggi turda 2,5 ga 1,5 hisobda ozarbayjonliklarni dog’da qoldirib, 31 ochko bilan 13-o’rinni egalladi.

O’zbekiston shaxmatchi qizlari esa kecha Portugaliya, bugun esa 3-0 hisobi bilan Bangladesh ustidan g’olib chiqib, 21,5 ochko bilan yakuniy jadvalning 32-pog’onasidan joy oldilar.

XS
SM
MD
LG