Breaking News

Uyg'ur faoli taqdiri yuqori doiralarda hal qilinishi kutilmoqda


O’zbekiston tomonidan Xitoyga berib yuborilgan, hozirda Xitoy qamoqxonasida saqlanayotgan kanadalik uyg’ur faoli, Husayn Jalilning oila a’zolari va himoyachisi Kanada Bosh vaziri Stiven Xarperdan Xitoy rasmiylari bilan aloqaga kirib, uning jonini saqlab qolishni so’ramoqda.

Advokat Kris Makleod Kanada Bosh vaziri Stiven Xarperdan Xitoy bilan yuqori doirada muzokara olib borishni so’ragan.

“Agar Kanada bosh vaziri xitoylik hamkasbi bilan to’g’ridan-to’gri aloqaga kirishsa, qandaydir natijaga erishish mumkin. Bu nafaqat Husayn uchun balki Kanadada yashayotgan barcha muhojirlar uchun muhimdir. Sabab, Kanada passportiga ega kishilar xohlagan mamlakatga borib kelish huquqiga ega ekanliklarini bilishlari lozim”, - deydi Husayn Jalilning advokati.

Kanada Tashqi ishlar vaziri Piter Makkayga ko’ra, Husayn Jalil masalasida hukumatlararo muzokaralar davom etmoqda va yaqin orada Kanadadan Xitoyga delegatsiya borishi rejalashtirilgan.

XS
SM
MD
LG