Breaking News

O'zbek matbuotida g'arbona va sharqona demokratiya munozarada


G`arb va xususan AQSh hukumatiga nihoyatda salbiy qarayotgan O`zbekistan matbuoti va ekspertlari demokratiyaning g`arbona va sharqona usullari bobida maqolalar yozishda davom etmoqdalar.

“O`zbekiston ovozi” gazetasining Bosh muharriri Safar Ostonov gazetaning 27 iyun sonida e`lon qilingan “Jozibador nomlar ostidagi o`yinlar” maqolasida demokratiya G’arb, xususan AQSh uchun o`z geosiyosiy maqsadlarini ifodalovchi o`yindir. Bu o`yin, muallifga ko`ra, asosan nodavlat tashkilotlar vositasida olib boriladi.

Muallif demokrtayianing g’arbcha usuli va uning O`zbekistonga ta’sirini shunday isohlaydi:

“Sharqda o`z kiyinish odobi bor, qizlarinmiz shoyi, atlas kiyishgan, tizzasidan yuqoriga qarab kuylagini bir qarich-ikki qarich qisqartirmagan. Hozir nima bo`layapti? G’arbdan kirib kelayotgan kinofilmlar, targ’ibot-tashviqotlar natijasida qizlarimizni bir qarich yubka kiyayotganlari bor, yelkalarida har xil bosma rasmlar paydo bo`lyapti. Yigitlarimiz qulog`iga, labiga sir`ga taqayapti. Bunaqa maydalashib ketaverishsa, nimaga olib boradi bu? G’arb ta’lim- tarbiyasi yigitlarimizning ruhuni maydalashtirayapti. Hozir biz o`z an’analarimizni saqlab qolish uchun kurashmasak, ertaga G`arb hayotiga ko`r-ko`rona taqlid qiluvchi yoshlar yanada ko`payadi”.

Muallif nazarida AQSh O`zbekistonda demoktartiya qilaman yoki O`zbekiston xalqini hayotini farovon bo`lishi uchun faoliyat yuritayotgani yo’q. Aksincha, u boshqa manfaatlarni ko`zda tutgan.

Safar Ostonov, bunday manfaatlar sirasiga nodavlat tashkilotlar vositasida aholi o`rtasida norozilik uyg`otish va davlat rahbarini almashtirish yotadi, deydi.

Siyosatshunos Ibrohim Normatovning “Qishloq hayoti ” gazetasining 27 iyun sonida e`lon qilingan “Fitna otashini yoqmang” maqolasida ham G`arb demokratiyasi O`zbekistonga to`g’ri kelmaydi, degan fikrni olg’a suradi.

Ibrohim Normatovga ko`ra jinoyatchilik, ahloqsizlik, bosh-boshdoqlikdan iborat G`arb demokratiyasini Sharq qabul qila olmaydi.

Kuzatuvchi Baxtiyor Isabekka ko`ra esa demokratiyaning sharqona va g’arbona ko`rinishlari haqidagi tar`gibotlar O`zbekistonda diktatura tutumini saqlab qolishga qaratilgan.

Kuzatuvchi fikricha, prezidentlik, parlament aynan G’arb demokratiyasining namunalaridir. O`zbekiston G`arb demokratiyasidan faqat diktaturaga xizmat qiluvchi holatlarnigina o`zlashtirgan, deydi u.

“Odatda G’arb demokratiyasi tanqidga olinganda uni ko`proq kiyinish madaniyati, ahloqi bilan adashtirib yuborishadi. Kiyinish madaniyati va davlat boshqaruvida demokratiya o`rnatilishi esa bu ikki turlicha holat. Bizdagi ahloqsizlikning boshlanishi, kiyinish madaniyati nazarga olinganda ham, G`arb demokratiyasi bilan emas balki rus imperealizmi siyosati bilan bo`gliq. Demokrtiya qaror topgan Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarni misol keltirsak, ularning urf-odatlarida hech qanday keskin o`zgarishlar kuzatilmaydi”, - deydi Baxtiyor Isabek.

Baxtiyor Isabekka ko`ra agarda G`arb davlatlari O`zbekiston hukumatiga Andijonda sodir etilgan qirg`inlarni mustaqil tergov qilinishi talabini qo`yishmaganda edi, G`arbga qarshi targ`ibotlar, jumladan G`arb demoktariyasini oshkora inkor etish tar`gibotlari yuritilmas edi.

XS
SM
MD
LG