12 iyul kuni O`zbekiston prezidenti Islom Karimov Vladimir Norovni yangi Tashqi ishlar vaziri etib tayinladi.
Vladimir Norov O`zbekistonning Belgiyadagi elchisi edi.
Avvalroq u O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri muovini lavozimida ham ishlagan.
Tashqi ishlar vaziri lavozimini bajarib kelayotgan Elyor G`aniev esa yana avvalgi o`rniga - O`zbekiston Tashqi iqtisodiy, investitsiya va savdo aloqalari vaziri lavozimiga qaytarilgan.