Breaking News

Yevropa O'zbekistonga nisbatan sanksiyani yumshatishi mumkin


Yevropa Ittifoqi 2005 yilning may oyida Andijonda yuz bergan qonli voqealardan keyin O’zbekiston hukumatiga nisbatan qo’ygan sanksiyalarini yumshatishi mumkin.

Ittifoq qonun chiqaruvchi palatasi - Yevropa Kengashining Markaziy Osiyo bo’yicha mutasaddisi Xyugus Mingarellining Reyter axborot agentligiga bildirishicha, sanksiyalarni yumshatish borasida aniq qarorga kelinmagan.

Biroq, deydi janob Mingarelli, Yevropa Ittifoqi kelayotgan noyabr oyida amaldagi cheklovlarni qayta ko’rib chiqadi hamda O’zbekiston rasmiylari bilan bu borada muzokara olib boradi.

Amaldagi cheklovlar O'zbekistonning, Andijonda yuzlab odamlarning o’qqa olinishida qo’li bor deya gumon qilingan rasmiylarining Yevropa Ittifoqiga kirishini ta’qiqlaydi va ittifoqqa a’zo davlatlarning O’zbekistonga qurol-aslaha sotishini man etadi.

XS
SM
MD
LG