Breaking News

Yevropa Ittifoqi O'zbekistonga nisbatan sanksiyalarni kuchda qoldirdi


Bugun Yevropa Ittifoqi 2005 yil oktyabrida O'zbekistonga qo'yilgan sanksiyalarni kuchda qoldirdi. Qurol embargosi va ayrim rasmiylarning Yevropaga kirishini ma'n qiluvchi viza cheklovlaridan iborat sanksiyalar Yevropa Ittifoqining 2005 yil may oyida Andijonda ro'y bergan voqealar bo'yicha mustaqil tergov o'tkazish talabiga O'zbekiston hukumatidan olgan rad javobiga munosabatidir.

O'tgan yili O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Bryusselga safar qilib, ikki tomonlama aloqalarni jonlantirishga chaqirgan va buning evaziga Andijon voqealari va inson huquqlari bo'yicha Yevropa Ittifoqida ikkita muloqot guruhining tashkil etilishiga rasmiy Toshkent roziligini bildirgan edi. Andijon voqealari bo'yicha muloqot guruhi 2006 yil oxirida O’zbekistonga safar qilib, ba'zi rasmiylar bilan uchrashgan edi, biroq O’zbekistonda inson huquqlarini muhokama qilishga qaratilgan Yevropa Ittifoqi muloqot guruhining O’zbekistonga kiritilishi mavhumligicha qolmoqda.

Sanksiyalarni har uch oyda ko'rib chiqishni bildirgan Yevropa Kengashi bugungi yig'ilishida qurol embargosini 12 oyga, Andijon voqealarida qo'li borlikda gumon qilinayotgan 12 rasmiyga nisbatan viza cheklovlari esa olti oyga qoldirildi.

XS
SM
MD
LG