12 aprel kuni Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti raisi, Ispaniya Tashqi ishlar vaziri Migel Anxel Maratinos Toshkentda prezident Islom Karimoc bilan muzokara o`tkazgan.
Kuzatuvchchilar fikriga ko`ra YXHT-Toshkent munosabatlarida aniq bir yondashuv-siyosat mavjud emas. Nafaqat inson huquqlari, balki siyosiy iqtisodiy munosabatlarda ham deyishadi mustaqil tahlilchilar.
YXHTga a`zo O'zbekistondan siyosiy va huquqiy erkinlikni ta`minlash talab qilinadi. Biroq YXHT doirasida bu majburiyatlar ijrosini nazorat qiluvchi markaz yo’q.
Muxolifatdagi “Birlik” partiyasi faollaridan biri Po`lat Oxunning aytishicha, YXHT ko`proq byurokratik tashkilot bo`lib qolmoqda.
Po’lat Oxun mazkur tashrifdan so’ng O`zbekistonda inson huquqlari yoki demokratik vaziyatning yaxshilanishini kutish qiyin deb hisoblaydi.
“Tashkilotga a`zo davlatlarda inson huquqlarini ta’minlash masalasidan ko`ra iqtisodiy manfaatlar ustunlik qilmoqda”, - deydi u.
YXHT amaldagi raisi Migel Anxel Maratinos O`zbekistonga kelishidan avval Qozo`gistonda bo’lgan.
Uning Qozog`iston matbuotida YXHTga nisbatan tanqidlarga javoban bergan intervyusida aytilishicha, tashkilot o`z nizomida belgilangan siyosiy, iqtisodiy va huquqiy hamkorlikni davom ettiradi.
O`zbekistonlik huquq himoyachilari esa YXHT O`zbekistonda inson huquqlariga oid vaziyatni e’tibordan chetda qoldirayapti deyishmoqda.
Inson huquqlarini himoyalash bo’yicha tashkilot rahbari A`zam Tu`gunov ta’biricha, YXHT ko`proq inson huquqlari bo`yicha hukumat pozitsiyasini ma’qullashga urinayapti.
Uning aytishicha YXHTning O`zbekistonga bosim o`tkazish omillari ko’p, biroq undan foydalanilmayapti.