Breaking News

O'zbekiston prezident uchun shu yilning 23 dekabrida ovoz beradi


O`zbekiston Markaziy Saylov Komissiyasi prezidentlik saylovlarini dekabr oyining uchinchi yakshanbasiga belgilagan.

Saylov kampaniyasi esa 21 sentyabrdan boshlanadi. Saylovlarda parlamentdagi rasmiy partiyalardan kimlar nomzod sifatida qatnashishi hozircha noma`lum.

Amaldagi prezident Islom Karimov saylovda ishtirok etishi mumkinmi? Bu savolga ham hozircha javob yo'q. Qonunan, u bu huquqqa ega emas.

Toshkentda ayrim tahlilchilar Karimov yana nomzodini qo'yadi degan fikrda.

Tan olinmagan muxolif guruhlardan esa bir necha kishi o'zini prezidentlikka nomzod deb e'lon qilgan. Jumladan, huquq faollari Jahongir Shosalimov va Abdulla Tojiboy o'g'li.

Saylovlar mustaqil O`zbekiston tarixidagi uchinchisi bo`ladi.

Respublikada shu paytgacha o'tgan biror saylov yoki referendum xalqaro hamjamiyat tomonidan demokratik jarayon sifatida baholanmagan.

Islom Karimov mamlakatni 1989 yildan boshqarib keladi. Tanqidchilar nazarida erkin jamiyatda bir kishining hokimiyatda sal kam 20 yildan beri o'tirishi oddiy qilib diktatura deb ataladi.

O'zbekistonda ommaviy so'rovlarda xalq odadta Karimovdan mamnun ekanini bildirib keladi.

Biroq ko'plab sharhlovchilar nazarida omma siyosatni xolisona tahlil qilish va aniq xulosa chiqarish imkoniyatiga ega emas. Matbuot hukumat qo'li ostida va ommaviy axborot vositalari faqat Karimov ma'muriyati istagan ma'lumotni oshkor qiladi. Shuningdek, deydi kuzatuvchilar, odamlar siyosiy rejimdan qo'rqib yashaydi.

XS
SM
MD
LG