Breaking News

Muxolifatchi shoir Yusuf Jumaning taqdiri noma'lum qolmoqda


10 dekbr kuni shoir Yufus Juma qamoqqa olingan o’g’li Masharb Yusupovning ozod etilishini so`rab Buxoroda piket – norozilik namoyishi o`tkazgan edi.

Shoir shuningdek, prezident Islom Karimov iste’fosini talab qilib, plakat-yozuvlar ko’tarib, mashinasida Buxorodan Toshkentgacha kelishni rejalagan. Biroq shoirning avtomobili Buxoro Ichki ishlar boshqarmasi vakillari tomonidan to`xtailgan. O`zi va uning o’g’li Bobur kaltaklangan.

Yusuf Jumaning o`g`li Alisher Yusupov berayotgan ma`lumotga ko`ra, 10 dekabr kuni Yusuj Juma militsiya xodimlaridan qochib qutulgan. Shu kuni kechqurun uning uyi Ichki ishlar boshqarmasi vakillari tomonidan o`rab olingan.

“Piketdan qaytib kelishgach, ichki ishlarning yuzga yaqin xodimi bostirib kelgan. Qulflangan eshikni buzib, badiiy kitoblarni ham olib ketishgan. Qo`shnilar ko`rgan. Mening kompyuterim va boshqa apparatlarimni olib ketishgan. Milliy Xavfsizlik Xizmati va Ichki ishlar xodimlari bular qochib ketgan deb, hamma joyga rasmlarimizni yopishtirib tashlagan”, - deydi Alisher.

Alisher Jumayevning aytishicha, u hozir uyidan uzoqda. Otasi, oila a`zolari taqdiri haqida ma`lumotga ega emas. Uning uyiga hech kiritilmayapti.

Qorako`l tuman Ishki ishlar boshqarmasi esa “agar Yusuf Jumayev qidiruvda bo`lsa, bu haqda televideniye orqali e`lon beriladi, boshqa savollarga telefon orqali javob olish mumkin emas” deya javob bergan.

Yusuf Jumaning o`zi muxolifatdagi harakatlari uchun qamalib chiqqan. U mavjud tuzumni keskin tanqid qilib yozgan she’rlari, chiqishlari bilan jamoatchilikka tanilgan.

Uning rafiqasi Gulnora Oltiyeva konstitusiyaga qarshi harakatda ayblangan. Jinoiy ish ochilgach, qochib, yashirinishga majbur bo`lgan. Yusuf Jumaning o`g`li Mashrab 4 dekabr kuni birovga tan jarohati yetkazganlikda ayblanib hibsga olingan.

XS
SM
MD
LG