Breaking News

O'zbekiston jamoatchiligi: Bxutto sharq demokratiyasi timsoli edi


Benazir Bxuttoning o’ldirilishi O’zbekistonda sharq dunyosidagi demokratiyaga xuruj sifatida qaralmoqda.

O’zbekistondagi demokratik jamoatchilik vakillari Pokiston sobiq bosh vazirasi Benazir Bxuttoga dunyo miqyosida tanilgan siyosatchi, muxolifatining yorqin yetakchsi, sharq demokratiyasi timsollaridan biri, sharq ayoli huquqlari uchun kurashgan qo’rqmas inson deya ta’rif berishmoqda.

Sharhlovchi Toshpo’lat Yo’ldoshevga ko’ra Benazir Bxuttoning o’limi nafaqat terorchilar tomonidan amalga oshirilgan suiqasd sifatida, balki uning demokratiya yo’lidagi faoliyati o’laroq izohlanishi kerak.

“Benazir Bxuttoning o’ldirilishi butun dunyoni larzaga soldi. O’zbekistondagi jamoatchilik, ziyolilarni dahshatga tushirdi. U Pokiston prezidenti Parvez Musharraf siyosatini keskin tanqidchisi bo’lgan, shuningdek G’arb davlatlarini Al-Qoida, Tolibonlarga qarshi yetarli tarzda kurashmayotganligini ham keskin tanqid qilib kelgan siyosatchi edi.”

“Sharqdagi yagona bosh vazir bo’lgan ayol siyosatchi sifatida ayollarning teng huquqligi uchun kurashgan. U dunyo miqyosidagi taniqli siyosatchi ekanligi uchun ham o’ldirildi”, - deydi Toshpo’lat Yo’ldoshev.

Benazir Bxuttoning o’ldirilishiga dunyo bo’ylab keskin munosabatlar bildirilmoqda. O’zbekistonda bu borada rasmiy munosabat hozircha kuzatilmayapti.

Benazir Bxutto 27 dekabr kuni Pokistonning Ravalpindi shahrida, aholi bilan uchrashuv o’tkazayotgan paytda terror xuruji oqibatida o’lgan. 8 yanvar kuni mamlakatda parlament saylovlari.

O’zbekistondagi qarashlarga ko’ra Bxutto sharqda demokratik qadriyatlar qaror topishi uchun kurashgan yorqin siyosatchilardan biri.

XS
SM
MD
LG