Breaking News

Amerikada ona bo'lish dekretga chiqish degani emas


Amerikada ishlaydigan ayollar ona bo’lganida ko’pi bilan ikki oyga ta’tilga chiqadi.

Istasa, ko’proq uyda o’tirishi mumkin, ammo maoshsiz.

Xususiy sektor, qolaversa mehnat bozorida qaqobat kuchli ekan, ona bo’lish ko’p hollarda ishdan ayrilish demakdir.

Homiladorlikning sakkizinchi oyida ham ishlab yurgan ayollar bor.

Farzand dunyoga kelgach, tezda yana xizmatga qaytadi. Aksariyat ayollar uchun bu murakkab, ammo tabiiy hol.

Mutaxassislarning aytishicha bundan 40 yil oldin Amerikada homilador ayollarning yarmi uzoq ta'tilni ma'qul ko'rgan bo'lsa, bugun ularning qariyb uchdan ikki qismi oy kuni yaqinlashguncha xizmat joyini tark etmaydi.

“Uyda kutib o’tirgandan ko’ra, ishni davom ettirganim ma’qul”,- deydi sakkiz oylik homilador Loren Sveder. "To'lg'oq tutgunicha ishlamoqchiman".

AQSh qonunlariga binoan 50 xodimga ega kompaniya onalarga ta’til berishi mumkin. Biroq ta’til paytida ularga maosh berish yoki bermaslikni korxona hal qiladi. Ba’zi yirik kompaniyalar ixtiyoriy ravishda onalarga yordam puli ajratadi.

“Hukumat ishlayotgan homilador ayollar huquqini himoya qilish yo’llarini qidirar ekan, bo’lg’usi onalarga ishini davom ettirish imkoniyati berilyapti”, - deydi Kerol Evans, kasbli ayollarga mo’ljallangan jurnal muharriri.

“Masalaning iqtisodiy tomoni ham bor. Bugun oila byudjetining katta qismi ishlayotgan onalar gardanida”.

Amerikada o’tgan asrning 80-yillarigacha ona bo’lish 1 yillik ta’til degani edi.

Bugun esa ularning aksariyati enaga topilishi bilanoq ishga qaytadi. Ishxonalarda emizikli ayollarga yordam berish uchun enagalar yollanadi yoki bolalar bog’chalari bor.

XS
SM
MD
LG