Breaking News

Birmaning to'fondan eng ko'p zarar ko'rgan hududi yordam kutmoqda


Yordam Qo’shma Shtatlar Birmaga 3 million dollar yordam puli va’da qilayapti.

Prezident Bushning aytishicha, Qo’shma Shtatlar istagancha ko’mak berishga tayyor, biroq dastlab Birma harbiy hukumati AQSh qutqaruvchilarini mamlakatga kiritishi zarur.

Vaholanki, Birma rasmiylari AQShdan yordam olmoqchi emas. Oq Uy matbuot kotibi Dana Perinoning aytishicha, Qo’shma Shtatlar BMT orqali ko’mak berishda davom etadi.

Tabiiy ofat ro’y bergan hudud yaqinida AQSh harbiy kemalari bor. Ular kamida 600 kishiga tibbiy yordam ko’rsatishi va transport xizmatini ta’minlab berishi mumkin deydi Pentagon matbuot kotibi Jeff Morell.

Biroq Birma ijozatisiz Qo’shma Shtatlar hozircha hech narsa qila olmaydi deydi u.

Birmaga yordam taklif qilayotgan xorijliklarning ko’piga hamon viza berilmagan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Birma hukumatini bu xildagi qog’ozbozlik va boshqa talablarni kamaytirishga chaqirmoqda. O’n minglab odamlar boshpana, tibbiy yordam va oziq-ovqatga muhtoj. Hozircha 41 ming odam dom-daraksiz ketgan. Bu raqam o’sishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG