Breaking News

Kongressda Andijon yodga olindi, O'zbekiston muhokama qilindi


AQSh Kongressi qoshidagi .)

Andijon voqealari O’zbekiston va tashqi dunyo, ayniqsa G’arb, jumladan Amerika bilan aloqalarda katta burilish nuqtasi bo’ldi.

Bush ma’muriyati nazarida Andijonda 2005 yilning 13 mayida oddiy xalq vakillari va namoyishchilar maxsus kuchlar tomonidan o’qqa olingan va voqea xalqaro va mustaqil ravishda taftish qilinishi kerak.

Amerika rasmiylari O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari tinimsiz buzilib keladi deya tanqid qilib, mamlakatda siyosiy-ijtimoiy islohotlarga chaqirib keladi.

Islom Karimov rahbariyati G’arbni unga ishonch bilan qaramaganlikda, Andijon voqealarini bo’rttirib talqin qilayotganlikda, mamlakatda xavfsizlikni ta’minlash uchun amalga oshirilgan harakatni tushunishni istamayotganlikda ayblagan.

Qolaversa, Andijon voqealari ortida chet el kuchlari turgani haqida gumonlar ham bildirilgan.

13 may fojiasi AQSh Kongressida ham qoralangan va ayrim qonunchilar Karimov rahbariyatiga qarshi keskin choralar ko’rish taklifi bilan ham chiqqan edi. Ulardan biri, masalan, hozir prezidentlikka intilayotgan respublikachi senator Jon Makkeyn.

XS
SM
MD
LG