Xitoy rasmiylari bir necha mahalliy dissident huquqshunosga Pekinga
tashrif buyurgan AQShning ikki nafar kongressmeni bilan uchrashishga ruxsat
bermagan.
Kongressmen Kris Smit AQShning Xitoy bo’yicha komissiyasi a’zosi.
Xitoyning ashaddiy tanqidchisi. U bir necha oy burun Tibetdagi namoyishlarning kuch bilan
bostirilganini qoralagan.
Qonunchining aytishicha, mahalliy rasmiylar uning Xitoyga tashrifiga ham
cheklovlar qo’ygan.
"Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi yuristlar bilan uchrashishimiz kerak edi,
ammo politsiya ularni olib ketib qamab qo’ygan," deydi Kristofer Smit.
Huquqshunoslarning ikki nafari o’tgan oy Oq Uyda prezident Jorj Bush bilan
uchrashgan, AQSh demokratik jamg’armasi tomonidan sovrin olgan edi.
Smitga hamrohlik qilgan kongressmen Frenk Vulf Vakillar Palatasi Tashqi
aloqalar qo’mitasi a’zosi.
Uning aytishicha, AQSh qonunchilari Xitoy rasmiylariga 734 xitoylik siyosiy
mahbus ismlari bitilgan ro’yxatni taqdim etib, ularning ahvoli bo’yicha
ma’lumot berishni talab qilgan.