Breaking News

AQSh Olimpiya jamoasi Xitoyga otlanmoqda


Prezident Bush shu yil yozda Pekinda o'tadigan Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimida ishtikor etish qarorida qat'iy.

Xitoydagi huquq ahvolidan norozilik belgisi sifatida, musobaqani boykot qilish bilan ijobiy natijaga erishish qiyin, deydi Bush.

AQSh Olimpiya jamoasi Oq uyda mehmon bo'lgan. Prezident Bush Olimpiya jamoasiga murojaatida g'alabada kamtar, mag'lubiyatda olijanob bo'lishga da'vat etgan. Siz tinchlik elchilarisiz, raqiblarga hurmatda bo'ling, deydi u.

Olimpiya o'yinlarida AQShdan 600 sportchi bellashadi. Jamoaning eng yosh vakili 15 yoshli suzuvchi, eng keksasi 58 yoshda. Ularni qo'llab-quvvatlash uchun Pekinga albatta safar qilaman, deydi prezident.

Qator davlatlar, xususan Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi musobaqaning ochilish marosimida qatnashmaslikka qaror qilgan.

Ular bu bilan Xitoydagi inson huquqlari ahvoli, Sudanning Darfur mintaqasidagi qirg'inlar va Xitoyning bu qirg'inlar ortida turgan hukumatni qo'llab-quvvatlayotganiga jahon e'tiborini qaratmoqchi.
XS
SM
MD
LG