Breaking News

O'zbekistonda tuberkulyoz o'choqlari ko'paygan


Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti ta’rificha, O’zbekiston sil kasali keng tarqalgan 22 davlatdan biri.

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi – USAID maxsus dastur (HOPE) orqali O’zbekiston bilan hamkorlikda tuberkulyozni aniqlash, unga qarshi kurashda aholi orasida targ’ibot ishlarini olib borishga ahamiyat bermoqda.

Jahon Sog’liqni saqlash tashkilotiga ko’ra dunyoda sil kasali keng tarqalgan 22 davlat orasida O`zbekiston ham bor. Mamlakatda silning davolanishga chidamli og`ir formasi ham tarqalagan.

Tuberkulyozning yengil ko`rinishini 6 oy, og`ir formasini esa 2 yil uzoq davolash kerak.
Yengil ko`rinishi uchun davolash kishi boshiga 30 dollar, og`ir formasi esa 2 ming dollar mablag’ talab etadi.

O’z vaqtida aniqlanmasa, keyinchalik uzoq vaqt va katta mablag’ talab etuvchi og’ir xastalikka aylanishi mumkin.

Silni dastlabki bosqichda aniqlash shu bois juda muhum.

Mutaxassislarning aytishicha, HOPE dasturi O`zbekistonda ancha samarali natija bergan, kasallikni aniqlash foizi oshgan.

“HOPE loyihasi O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlida tibbiyot xodimlari bilan mashg’ulotlar o’tkazdi. Laboratoriyalarni aniqlashtirish sifati ko’tarildi. Butun O`zbekiston bo`yicha treninglar o`tdi, tibbiyot xodimlari o`rgatildi”, - deydi HOPE dasturi mutaxassisi Umida Yo’ldohseva.

AQSh va O’zbekiston 2000 yildan beri bu borada hamkorlik qilib keladi.

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi HOPE dasturi orqali silga qarshi kurash maqsadida hozirgacha qariyb 5 million dollar ajratgan. Dastur O`zbekistonning 10 viloyatini qamrab oladi.
Umida Yo`ldosheva so’zlariga ko`ra, silni aniqlash maqsadida tibbiy va information texnik jihozlar taqdim etilgan.

Ma’lumotlarga ko`ra, Toshkent shahri va viloyati sil tarqalishi bo’yicha oldinda. Biroq yosh bolalar va ayollarning silga chalinish ko’rsatkichi Qoraqalpog`iston, Orol bo’yida baland.
“Buning sababi birinchi navbatda ekologik vaziyatning yomonlashgani bilan bog`liq”, - deydi Yo`ldosheva.

O`zbekiston qamoqxonalari tuberkulyoz o’chog’iga aylangani sir emas.

“To`g`ri, buning sabablari har xil: qamoqqa olingan kishining kuchli psixologik holatni boshdan kechirishi, oqibatda imunitet zaiflashishi, shuningdek silga chalingan kishilar bilan muloqot. HOPE dasturi jazoni o`tash muassasalarida tibbiy xodimlar malakasini oshrishda ham ishtirok etib keladi”, - deydi Umida Yo`ldosheva.

Sharhlovchilar mamlakatda qashshoqlik darajasini ham omil deb biladi.

Mutaxasislar fikricha, jamoatchilik sil tarqashiga oid vaziyat qanchalik jiddiyligidan xabardor bo’lishi kerak.

“Jurnalist sifatida siz ham, o`qituvchiyam, oddiy ishchiyam bir-biriga e`tiborli bo`lib, sil belgilari aniqlanganda, to`g`ri maslahat berib, o`z hissamizni qo`shsak, respublikadagi epidemik vaziyat ancha yaxshilnadi”, - deydi Umida Yo`ldosheva.

O`zbekistonda bu borada aniq ma`lumotlar ochiq e’lon qilinmaydi.

Jahon So`gliqni saqlash tashkiloti O`zbekistonni silning og`ir formasi keng tarqalgan davlat deb e’tirof etgan, ammo bu ma’lumot mamlakat jamoatchiligiga yetkazilmagan.

XS
SM
MD
LG