Breaking News

AQSh O'zbekistonga 10 million dollarlik tibbiy yordam ko'rsatgan


AQSh O`zbekiston sog`liqni saqlash tizimiga qiymati 10 million dollarga teng insonparvarlik yordamini taqdim etgan.

Yordam xalqaro HOPE tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan. Turli tibbiy dori-darmonlardan iborat insonparvaralik yordamini topshirish taqdimoti Toshkentdagi birinchi shifoxonada bo`lib o`tgan.

Taqdimnoma marosimida AQShning O`zbekistondagi echisi Jon Purnel ham ishtirok etgan va AQSh – O`zbekiston o`rtasidagi aloqalarda xalqaro nodavlat tashkilotlarning o`rni muhimligini bildirgan.

1996 yildan boshlab AQSh hukumati va HOPE dasturi asosida O`zbekistonga berilgan tibbiy yordamning umumiy qiymati 82 million dollarni tashkil etmoqda.

HOPE insonparvaralik ishlari bilan shugullanuvchi xalqaro tashkilot bo`lib dunyoning 90 ortiq davlatida faoliyat yuritadi.

Xalqaro dastur O`zbekistonda onalar va bolalar salomatligini muhofazalash, sil kasalligining oldini olish kabi yo`nalishlarda ham So`gliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda qator tadbirlar o’tkazib keladi.

HOPE dasturining O`zbekistondagi insonparvarlik yordamlarini ko`rsatish bo`yicha loyiha menejeri Stepan Pilosyanning aytishicha tibbiy yordam asosan O`zbekiston So`gliqni saqlash vazirligi tomonidan bildirilgan ehtiyojga ko`ra amalga oshiriladi.

“O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi bilan kelishamiz… qanday dori darmonlar va qancha miqdorda kerak. Shundan so`ng buyurtma beramiz va olib kelamiz. Yordamning qaysi shifoxonalarga jo`natilishi avvaldan taqsimlangan”, - deydi u.

HOPE dasturi bo`yicha AQSh tomonidan ko`rsatilgan navbatdagi yordam Qoraqolpog`iston, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi shifoxonalarga jo’natilgan.

Asosan emlash vositalaridan iborat bo`lgan bu dori-darmonlar aholi uchun bepul tarqatilishi mo`ljallangan.

XS
SM
MD
LG