Breaking News

AQShning Kuba, Venesuela bilan munosabatlarida yangi davr


Prezident Barak Obamaning aytishicha, Qo’shma Shtatlar Kuba va Venesuela bilan munosabatlarni yangilashga tayyor.

“Kubadagi kommunistik rejim deyarli yarim asrdan buyon AQSh sanksiyalari ostida, lekin ular ish bergani yo’q. AQShning Kubaga nisbatan siyosati shundan dalolatki, bir-birimizdan yuz o’girib yashash hech kimga naf keltirmaydi”, - deydi Obama.

AQSh rahbari mintaqa davlatlariga demokratiya va inson huquqlarini o’z ichiga olgan ochiq muloqot taklif qilmoqda.

“Tanqidlar o’z yo’liga, lekin AQShga o’zini dushman deb bilgan davlatlar ham Qo’shma Shtatlar iqtisodiyoti mintaqa ravnaqi uchun naqadar muhim ekanini tushunadi”.

Obama Trinidad va Tobagoda o’tgan Amerika qit’asi sammitiga taklif qilinmagan yagona davlat – Kubani islohotlarni boshlashga undadi. Uning ma’muriyati orolga safar qilish va pul jo’natish kabi ayrim cheklovlarni bekor qilgan.

O’tgan yili Vashingtondan elchisini chaqirib olgan Venesuela rahbari Ugo Chaves Obama bilan iliq so’zlar almashgan. AQSh rahbari nazarida, “aloqani yangilash uchun siyosiy iroda yetarli, biroq gap amaliy qadamlarda”.

XS
SM
MD
LG