Breaking News

Huquq faollari: Shoir Yusuf Juma dahshatli qiynoqlar ostida


Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi “Human Rights Watch” tashkiloti muxolifatchi shoir Yusuf Juma qiynoqlar ostida deb bong urmoqda.

Yusuf Juma “Jasliq” turmasiga ko’chirilganidan beri muntazam kaltaklangan, unga nisbatan turli jismoniy tazyiqlar qo’llanmoqda.

U yaqinda, sog’lig’i ancha yomonlashgach, oddiy kameraga ko’chirilgan.

“Jasliq” turmasida 5 yillik qamoq jazosini o’tayotgan shoirga O’zbekiston prezidentini haqorat qilganlik va huquq-tartibot xodimlariga qarshilik ko’rsatganlik aybi qo’yilgan edi.

Yusuf Jumaning oila a’zolariga ko’ra, u qamoqxona oshxonasi ustida joylashgan issiq kamerada saqlanmoqda. “Human Rights Watch” tashkiloti shoir azobga solingani haqidagi da’volarni darhol tekshirishga, uni ozod etishga chaqirmoqda.

XS
SM
MD
LG