Breaking News

Cho'chqa grippi virusidan saqlanish bo'yicha tavsiyalar


Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari federatsiyasi H1N1 virusi, ya’ni cho’chqa grippidan saqlanishga qaratilgan global informatsion kampaniya boshladi.

“Diqqatni sog’liqni saqlash va monitoring tizimi zaif rivojlanayotgan davlatlarga qaratamiz”, - deydi tashkilot rasmiylari.

Xalqaro Qizil Xoch tashkilotiga ko’ra, H1N1 virusi rivojlanayotgan mamlakatlarda keng tarqalish ehtimoli yuqori, chunki jamoatchilik ko’pincha kasallikdan bexabar. Undan qanday saqlanish to’g’risida ma’lumotga ega emas.

Tashkilot boshlagan kampaniya global bo’lsada, asosiy maqsad bunday ma’lumotni dunyoning eng chekka joylariga yetkazish.

Ayni paytda Shimoliy Yarim shar mamlakatlari cho’chqa grippi epidemiyasining birinchi bosqichini boshdan kechirib, ikkinchi to’lqinga tayyorgarlik ko’ryapti. U qanday kechishi noma’lum.

Qizil Xoch vakili Tammam Adulat deydiki, “hatto eng ijobiy bashoratlarga ko’ra, kasallik bir necha million odamning yostig’ini quritishi turgan gap”.

Mutaxassislarning tushuntirishicha, ikkinchi bosqich bu H1N1 virusi o’z tarkibini o’zgartiradi degani emas. U hozirgi ko’rinishida ham tarqalish sur’atini saqlab qoladi. Virusga qarshi vaksina bir necha haftada tayyor bo’lishi kutilmoqda, biroq dori hammaga yetmasligi hozirdan ma’lum.

Grippdan himoyalanishning eng yaxshi yo’li emlanish, ammo shaxsiy gigiyena va profilaktika qonun-qoidalariga rioya qilish ham xavfdan asraydi: qo’lni tez-tez yuvib turish, og’iz-burunni yopish, gavjum joylardan uzoqroq yurish, bemorlarni alohida parvarishlash shular jumlasidan.

XS
SM
MD
LG