Breaking News

AQSh tibbiy tadqiqotlar uchun 5 milliard dollar ajratmoqda



Prezident Barak Obama yaqinda tibbiy izlanishlarni takomillashtirish maqsadida 5 milliard dollarga teng grant e’lon qildi. Mablag’ yurak xastaligi, saraton, autizm kabi kasalliklarga shifo topishga sarflanadi. Shunindek, minglab ish o’rinlari yaratishga xizmat qiladi.

Hukumat granti turli xastaliklar yechimini topishga qaratilgan yangi tadqiqotlarga yo’l ochadi.

5 milliard dollarli grant hukumat yil boshida ajratgan iqtisodiy yordam dasturining bir qismi. 12 mingdan ziyod amaldagi ilmiy loyihalarni moliyalaydi. Jamiyatni o’nlab yildan buyon qiynab kelayotgan kasalliklarga shifo topishga ishlatiladi.

Bu yordam bilan samarali dori-darmonlar yaratish mumkin, deydi AQSh Tibbiy Tadqiqotlar Instituti rahbari, doktor Fransis Kollins.

"Texnik jihatdan yetuk, zamonaviy laboratoriyalar ochamiz. Eski muammolarga yangicha nazar tashlaymiz",- deydi u.

Olimlarning aytishicha, saraton, yurak xastaligi, aqliy zaiflik kabi qator kasalliklarni davolash uchun avvalo odam genetikasini chuqur o’rganish lozim. Bu yo’nalishda ketayotgan yirik xalqaro izlanish natijalari sinab ko’rilmoqda.

"Izlanishlar mahsuli, umid qilamizki, kasalliklarni yaxshiroq tushunishga, erta tashxis qo’yib, samarali muolajaga yetaklaydi. Har bir inson hayoti bebaho",- deydi prezident Obama.

Hozir asosiy diqqat rakni davolashga qaratilgan. Saratonning 20 dan ortiq turlariga yo’liqqan bemorlardan nusxa olinib, unga moyillik va kasallikka qarshi kurashuvchi genlar o’rganilmoqda.

XS
SM
MD
LG