Breaking News

AQSh Mudofaa vazirligi: Eron atom quroli yasayotgan buzg'unchi


AQSh Mudofaa vazirligi: Eron atom quroli yasayotgan buzg'unchi
AQSh Mudofaa vazirligi: Eron atom quroli yasayotgan buzg'unchi
<!-- IMAGE -->

Eron Fors ko’rfazi va Ormuz bo’g’ozida bugun yirik harbiy mashqlar boshlab, raketa, razvedka va kommunikatsiya vositalarini sinovdan o’tkazmoqda.

Ormuz bo’g’ozi strategik tranzit nuqtasi bo’lib, jahon neftining 40 foizi shu yerdan olib o’tiladi.

AQSh Mudofaa vazirligi nazarida Eron yadro quroliga ega bo’lish harakatini susaytirmagan. AQSh diplomatiya va sanksiyalar vositasida Tehronni bu yo’ldan qaytarishga urinmoqda. Harbiy yurish ham so’nggi chora sifatida tilga olinadi.

Bu AQSh Mudofaa vazirligi - Pentagonning Eron harbiy salohiyatiga bag’ishlangan ilk rasmiy hisoboti. Unda keltirilishicha, amaldagi diniy rejimning bosh maqsadi hokimiyatni saqlab qolish. Shu bois mamlakat harbiy strategiyasida mudofaa markaziy o’rin egallaydi.

“Eron qachon yadro quroliga ega bo’lishi mumkin” degan savolga, AQSh harbiy razvedka boshqarmasi rahbari Ronald Burgess “aniq aytish qiyin, lekin bir yil ichida bo’lishi mumkin”, deb javob beradi.

Eron ayni paytda uzoq masofali hamda mo’ljalni aniq ura oladigan ballistik raketalar ustida ishlamoqda. Harbiylar taxminicha, 2015 yilda hatto Amerikaga yeta oladigan qurolga ham ega bo’lishi mumkin.

Ronald Burgessning ta’kidlashicha, buzg’unchilik va qo’poruvchilik Eron tashqi siyosatining ajralmas qismi.

“Terrorchi guruhlar faoliyatini quvvatlash va moliyalash Tehron uchun boshqa davlatlarga bosim o’tkazish vositasi, o’z xavfsizligini ta’minlashning bir yo’li”, - deydi razvedka rahbari.

Pentagon rasmiylarining aytishicha, Eron Iroq va Afg’onistondagi jangari guruhlarga, jumladan Tolibonga yordam yetkazib turadi.

Eron mudofaa uchun yiliga 9.6 millard dollar sarflaydi. Bu Amerika mudofaa xarajatlarining qariyb 2 foiziga teng.

XS
SM
MD
LG