Breaking News

AQSh xotin-qizlar ravnaqi uchun yangi dasturlar e'lon qildi


<!-- IMAGE -->

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton jahon xotin-qizlarini qo’llab quvvatlash maqsadida yangi dasturlar e’lon qildi.

“Texnologiya, nohukumat va xususiy sektor, ta’lim va sog’liqni saqlash sohalarida yangi programmalar boshlaymiz”, - deydi u.

"Jamiyat taraqqiy etsin desak, qizlarimiz erkin fikrlay olishi, ish tuta bilishi, bilim va hunarli bo’lishi shart",- deydi Xillari Klinton, Vashingtonga yig’ilgan yuzlab faol ayollarga murojaat qilar ekan.

Dunyoning ko’plab mamlakatlarida, uning fikricha, ayol mustaqil holda biror ishga qo’l urishi, masalan oilasini boqish maqsadida tadbirkorlik qilishi uchun sharoit yo’q. "Buni ta’minlash esa ko’p hollarda xotin-qizlarning bir-birini qo’llab-quvvatlashiga bog’liq", - deydi u.

Qiz va ota-ona, kelin va erning oilasi orasidagi munosabatlar juda ko’p jamiyatlarda murakkab. Urf-odatlarni e’zozlash kerak, lekin ular ayol hayotini cheklab qo’yishi kerak emas, deydi Klinton. Ayolning qo’li bog’langan muhitda qashshoqlik keng tarqaladi.

Davlat kotibasi ayollar hayotini yaxshilash AQSh tashqi siyosatidagi asosiy yo’nalishlardan biri bo’ladi deydi.

“Ular manfaatini ko’zlab, millionlab dollar ajratamiz, grantlar beramiz”, - deydi Klinton.

Misol uchun xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish uchun real taklif bilan chiqqan tomonga 500 ming dollarlik grant taqdim etiladi.

“Biz innovatsion, yangicha qarash va yondashuvlarni o’zida mujassam etgan tashabbus va takliflarni kutayapmiz”, - deydi davlat kotibasi.

Yangi dasturlar yaqin kelajakda O'zbekistonda ham e'lon qilishini mumkin. Bu borada AQShning Toshkentdagi elchixonasi saytida ma'lumot beriladi: http://uzbek.uzbekistan.usembassy.gov/

Qolaversa, mana bu manbalarga ham qarang: www.state.gov/s/gwi/ (ingliz tilida) yoki www.america.gov/ru (rus tilida)

XS
SM
MD
LG