Breaking News

Laura Bushning saylov kampaniyasidagi roli  - 2004-09-05


Laura Bush shu kunlarda juda band. AQSH bo’ylab sayohot qilib, turli tadbirlarda qatnashib, umr yo’ldoshi Prezident George W. Bush nomidan so’zlaydi. Xullas, Oq Uy bekasining ishi tugamaydi.

AQShda prezidentning turmush o’rtog’i hukumatda rol o’ynashi kerak, degan qonun yo’q. Odatda prezidentning rafiqasi biror ijtimoiy masalani olg’a suradi.

Bush xonimga ko’ra, ma’orif va savodxonlik masalalari eng oldingi o’rinda turishi lozim. Sobiq o’qituvchi va kutubxonachi Laura Bush Kongres kutubxonasida o’tadigan yillik kitob festivaliga mezbonlik qiladi.

11 sentyabr voqealardan keyin u mamlakatni tinchlantirishda hissa qo’shdi. Ota-onalarga bolalar va terrorizm mavzusida maslahat bera boshladi. Laura Bush ayollar salomatligi haqida ham qayg’uradi.

Laura Bush aslida Texas ayoli. O’rtamiyona bir oilada katta bo’lgan.

Laura Welch Bush 1946 yilda Texasning Midland qishlog’ida dunyoga kelgan. U 1960-70 yillarda o’qituvchilik va kutubxonachilik qilgan. George Bush bilan 1977 yilda tanishadi. O’sha yili turmush qurishadi. 1981 yilda esa egizak qizlar, Jenna va Barbara tug’ilishdi. George Bush 1995 yilda Texas gubernatori etib saylandi. Laura Bushning xotirjam kunlari ortda qoldi.

Bush xonim muloyim, an’anaviy va uyatchan. Prezidentning qarorlariga umuman ta’sir o’tkazmayman, deydi u. Lekin saylovchilarning, ayniqsa ayol saylovchilarning kimga ovoz berishigachi?

"U, ijtimoiy jihatdan konservativ bo’lmagan, ammo terrordan tashvishlanayotgan respublikachi ayollarga ta’sir qila oladi," deydi olima Allida Black. Black xonim George Washington Universitetida tarix va xalqaro aloqalardan dars beradi. Zamonaviy prezidentlarning rafiqalari qanday rol o’ynab kelishganini o’rgangan bu professorga ko’ra, Laura Bush, farqlar tor bu saylovdagi muhim shaxs.

"Bu saylovda farq shunchalik tor bo’ladiki, Laura Bush saylov natijasini hal etuvchi ikki omildan biri bo’lishi mumkin. Bush xonim, kimga ovoz berishni bilmayotgan, hech bir partiyaga qiziqmaydigan kishilarni, erim aslida bunchalik konservativ emas, deb ishontira olarmikan? U buni konservativlarni jig’iga tegmasdan qilishi lozim. Laura Bush saylovda shunaqa nozik ish bajarishi mumkin," deya fikrlaydi Black xonim.

XS
SM
MD
LG