Breaking News

Bushning bu tor't yillikdagi asosiy maqsadi: terrorga qarshi kurash  - 2004-11-05


Prezident Bush qayta saylanganidan keyingi ilk matbuot anjumanida, kelasi to’rt yilga mo’ljallagan siyosatini taqdim etdi.

"Terrorga qarshi kurash eng yuqori o’rindagi masala bo’ladi; uning har bir amerikalikka, har bir davlatga ta’siri bor," dedi u.

"Ba’zi kelishmovchiliklarga qaramasdan, hammamizning dushmanimiz bir. Burchimiz ham bir: xalqni himoya qilib, dunyo bo’ylab, kasalliklarga, ochlik va qashshoqlikka qarshi kurashish," ta'kidladi prezident.

Bushning terrorga qarshi urushida Iroq asosiy o’rinda turadi. U, saylov kampaniyasida aytganidek, Iroqda zafar qozonilyapti, Iroqning 125 ming askari xizmatga tayyorlanyapti, bu katta muvaffaqiyat, dedi.

Bush, Iroq hukumati bilan yaqinda ishlashga so’z berdi:

"Iroqning ozod mamlakatga aylanishi uchun, saylovlar va erkin jamiyat qurilishi yo’lida g’ov bo’layotganlarni yengish lozim. Bosh vazir Allavi va uning hukumati buni to’liq anglagan holda, bizning generallarimiz bilan ana shu maqsadda ter to’kmoqda."

AQSh ichki siyosatiga kelganda, Prezident Bush soliq siyosatini isloh qilishni istaydi. Nafaqa tizimini mustahkamlayman va Amerika iqtisodiyotini jahondagi eng kuchlisiga aylanatiraman, deya bong urmoqda.

U AQSh Kongresini razvedka sohasida islohatlar qilinishini ma’qullashga chaqirdi.

Bushning vazirlar mahkamasida katta o’zgarishlar bo’ladi, deb kutilmoqda. Prezidentning ta’kidlashicha, yangiliklar bo’lishi mumkin:

"Ba’zi o’zgarishlar bo’ladi. Kimning ketib, kimning kelishini bilmayman. Yangiliklar bo’lishi tabiiy. Bu har rahbariyatda bo’ladi."

Hozircha esa Bush, saylovdan keyin, biroz dam olib, kelasi to’rt yillik rejalar ustida chuqurroq bosh qotirishni mo’ljallagan.

XS
SM
MD
LG