Breaking News

BMT tsunami jabdiydalariga yordam yetkazish maqsadida AQSh va Britaniyadan harbiy samolyotlar so'ramoqda


So'ngi kunlar ichida AQShning USS Lincoln harbiy kemasi Hind okeani to'fonidan eng ko'p zarar ko'rgan Indoneziyaning Sumatra oroliga insonparvarlik yordami yetkaza boshladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining bildirishicha, Sumatra eng jabrlangan mintaqa va bu yerda, turli mamlakatlardan kelayotgan yordamni taqsimlash jarayoni juda qiyin kechmoqda.

"Bizga, bir oylik muddatga, C-17 turidagi 3-4 ta harbiy samolyot zarur. Bu borada hukumatlarga tayanishga majburmiz. Bunday samolyotlar faqat AQSh va Britaniyada bor," deydi BMT vakili Izabel De Muyzer-Bucher.

Qo'shma Shtatlar hozirda, tsunami jabrdiydalariga ko'mak berish maqsadida, 13 ming nafar harbiyni safarbar etgan. AQShning Tinch Okeani davlatlari bo'yicha admirali Tomas Fargoning ta'kidlashicha, mintaqaga kelayotgan harbiy mutaxassislar va kemalarning soni tobora oshib bormoqda.

Shuningdek, chuchuk suv ishlab chiqaruvchi va texnik materiallar tashuvchi kemalar ham yetib kela boshladi. "Biz hududga dori-darmon olib kelishni ham yo'lga qo'yganmiz. Chunki, tabiiy ofat ketidan xavfli kasalliklar tarqalishi mumkin," deydi admiral.

AQSh hukumati tsunami jabrdiydalariga 350 million dollarlik yordam puli ajratgan. Oq Uy so'zlovchisi Skot Maklinning aytishicha, Amerika fuqarolaridan kelayotgan xususiy yordam miqdori ham oshyapti.

"O'ytgan hafta ichida Amerika xalqidan juda katta hajmdagi yordam puli tushdi," deydi so'zlovchi.

Ohayo shtatilik bir necha o'quvchilar esa Hindistondagi yetimxonalarga yo'l olishmoqda. Yoshlar o'zlari bilan 35 tonna moddiy yordam olib borishadi. Kongilli o'quvchilardan biri, Kati Jonston, shunday deydi:

"Katta talofat ko'rgan joylarga borish, ruhan, oson kechmaydi. Ammo, mening nazarimda, jabrdiydalarga ko'mak berish, ularga yordam qo'li cho'qish - eng ma'qul ish."

Ofatdan keyingi qidiruv va qutqaruv ishlari asta yakunlanib, ko'proq e'tibor endi omon qolganlarga insonparvarlik yordami berishga qaratilyapti.

XS
SM
MD
LG