Breaking News

Eron atom dasturi haqida BMT Xavfsizlik kengashi oldida javob berishi mumkin


Eron hukumati bilan uning yadroviy dasturini bekor qilish borasida muzokara qilayotgan Yevropa davlatlari, jumladan Britaniya, Frantsiya va Germaniya agar Eron atom quroli yaratishda qo'llanadigan uranni boyitishdan to'htamasa, unda mamlakat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kengashi bilan yuzlashadi, deya ogohlantirmoqda.

Yevropa Ittifoqi tomonidan chiqarilgan yangi hisosbotda, Eron BMTning atom energiyasi bo'yicha xalqaro boshqarmasi bilan hamkorlikni davom ettirib, yadroviy faoliyatini to'htatishga ko'nsa, masala muzokara yo'li bilan barham topishi mumkin, deya qayd etiladi.

AQSh hukumati Yevropaning shu mavzudagi taklifini qabul qilgan holda, Eronga atom dasturini bekor qilish evaziga iqtisodiy yordam ko'rsatmoqchi ekanini bildirdi.

Ma'lumki, Vashington Tehronni yashirin tarzda atom qurollari yaratayotganlikda ayblaydi. Eron esa, yadroviy faoliyati tinch maqsadlar yo'lid olib borilayotganini ta'kidlab, yuqoridagi ayblovni rad etib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG