Breaking News

Yushchenko Vashingtonda Bush bilan ushrashdi


Ukraina prezidenti Viktor Yushchenkoning AQShga rasmiy tashrifi boshlandi. Vashingtonga safari davomida Yushchenko Oq Uyda Prezident Jorj Bush bilan uchrashdi.

Ukrainani demokratiyaga tinch yo'l bilan o'tgan mamlakat tariqasida misol qilib ko'rsatib, Yushchenkoning sayi-harakatlarini maqtagan prezident Bush, demokratik islohotlar yo'lidan ketayotgan Kiev va Yevropa mamlakatlari o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda ko'mak beramiz, dedi.

Ukraina prezidenti ham o'z navbatida Bush ma'muriyatiga, o'tgan yil so'ngida bo'lib o'tgan prezident saylovlari oqibatida vujudga kelgan siyosiy inqirozdan chiqishda o'z yordamini ko'rsatgani uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi. Shuningdek, u qonun ustivorligi va inson huquqlarini e'zozlash yo'lida g'arb mafkurasini qo'llab-quvvatlashini qayd etdi.

Yushchenko AQSh hukumatining yuqori lavozimli vakillari va kongressmenlar hamda qator tadbirkorlar bilan uchrashishni rejalagan.

Ukraina rahbari 6 aprel kuni AQSh qonun chiqaruvchi organi, ya'ni Kongressning har ikki palatasi oldida nutq so'zlaydi.

XS
SM
MD
LG