Breaking News

Afg’oniston qamoqxonalarini o’zi boshqarishga o’tadi


Qo’shma Shtatlar Afg’onistondagi Bagrom harbiy havo bazasi qoshidagi qamoqxona nazoratini mahalliy hukumatga topshirmoqda.

Afg’on mudofaa vaziri general Abdul Rahim Vardak va xalqaro koalitsiya qo’mondoni Jon Allen bu ishni olti oy ichida amalga oshirish to’g’risida memorandum imzoladi.

Ayni damda ikki davlat orasida uzoq muddatli, strategik hamkorlikka doir kelishuv imzolash ustida ham muzokara ketyapti. NATOning tungi reydlari hamda hibsxonalarni afg’on xavfsizlik kuchlariga topshirish kabi masalalarda tomonlar kelisha olmayotgani haqida hafta boshida xabar tarqalgan edi.

Bugun imzolangan memorandumga ko’ra, Hamid Karzay ma’muriyati qamoqxonalarni xalqaro standartlarga mos ravishda yuritishga, buni ta’minlash uchun qonunlar ishlab chiqishga so’z bergan.

AQSh harbiylari bu jarayonda bir yil davomida ko’mak ko’rsatadi. Xalqaro qo’shinlar, ma’lumki, Afg’onistonni 2014-yilda tark etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG