Afg’onistonda Myanma hukumatiga qarshi namoyishlar


Afg’onistonning qator viloyatlarida Myanmada Roxinja musulmonlariga nisbatan zo’ravonlikka qarshi namoyishlar o’tkazilmoqda. Afg’onlar roxinjaliklar diniy qardoshlar ekanini va ularga yordam berishga tayyor ekanliklarini aytmoqda.

Shimoliy Juzjon viloyatining Shibirg’on shahrida o’tkazilgan namoyishda diniy va madaniy faollar qatnashgan.

“Birma musulmonlari va islom olamini himoya qilish har birimizning vazifamiz. Roxinjada musulmonlar qiynoqqa olingan. Bolalar, begunoh insonlar shafqatsizlarcha tajovuz, qatl qilingan. Roxinjaliklarni qo’llab-quvvatlashimiz zarur”,- deydi diniy peshvo Abdulhay Hayot.

Afg’onlar Myanma hukumatidan musulmonlarni qiynoqqa solmaslikni so’raydi.

“Biz musulmonlarning Allohdan boshqa madadchimiz yo’q”,- deydi namoyishchilardan biri.

Shibirg’on ahli Afg’oniston hukumati va dunyo davlatlaridan Roxinja musulmonlariga yordam berishni so’ramoqda. Ularni insonlar o’laroq qutqarish kerak, deydi namoyishchilar.

“Biz musulmonlar bu fojiaga befarq qola olmaymiz. Birma musulmonlari bugun yordam kutayapti”, - deydi afg'onlardan biri.

Afg’on rahbarlari ham Myanmada yuz bergan halokatli voqea yuzasidan munosabat bildirgan. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi Roxinja musulmonlariga qarshi zo’ravonlikni “bashariyatga qarshi jinoyat” deya qoraladi.

Kobul, Mozori Sharif,Badaxshon, Taxor, Qunduz,Samangon, Faryob va Hirotda ham Roxinja musulmonlarini himoya qilish maqsadida namoyishlar bo’lgan.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG