Rohinja musulmonlari qayga borsin?

  • Amerika Ovozi

Bangladeshdagi qochqinlar

Bangladeshga qochgan myanmalik musulmonlardan 1000 nafari vataniga qaytarilgan. Lekin ularga o'z viloyatlarida kun yo'q. Rohinja musulmonlari taqdiri mavhum.

Bangladesh bilan chegarada o'tgan kuz Myanma armiyasi harbiy operatsiyalar olib borib, hududni tinchitmoqchi bo'lgan edi. Musulmonlar va ularga qarshilar orasida qonli janjal shunday choraga yetaklagan edi. Armiya o'shanda mingdan ortiq uyni yoqib yuborgan, o'nlab fuqarolar o'ldirilgan. 70 ming rohinjalik qo'shni davlatga qochgan, 20 ming nafari esa Myanmaning boshqa joylaridan panoh izlab ketgan.

Huquq tashkilotlari musulmonlar hayoti xavf ostida deya ogohlantirmoqda.

Hukumat esa tinchlik ta'minlanadi deya bong urmoqda.

BMT maxsus elchisi Rohinja viloyatida musulmon aholi sistematik tarzda azoblanadi va doimiy tahdid ostida yashaydi, deya hisobot bergan. Minglab xotin-qizlar zo'rlangani, minglab erkaklar qatl etilgani haqida ma'lumotlar bor.

2012-yilda ularni maxsus joyga haydashgan. 100 mingdan oshiq musulmon o'z vatanida qochqinga aylangan. Rohinja musulmonlari aslida 1 millionga yaqin. Ularni Myanma to'laqonli fuqaro hisoblamaydi, vaholanki, ularning ajdodlari bu yurtda azaldan yashab keladi. Aksariyat aholisi buddistlardan iborat Myanmada islom e'tiqodidagilarga nisbatan nafrat kuchli. Huquq faollari xalqaro hamjamiyatdan e'tibor va yordam so'rab keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG