Afg'onistonda ikki yo'lovchi avtobus yonilg'i tankeri bilan to'qnashib, yong'inda 73 kishi halok bo'lgan. Yana 50 dan ziyod yo'lovchi G'azni viloyatidagi kasalxonaga yetkazildi, deydi rasmiylar.
Poytaxt Kobulni Qandahor shahri bilan bog'laydigan trassada yakshanba ertalab ro'y bergan halokat oqibatida har uchala mashina alanga olgani aytiladi. Ikki avtobusda 125 yo'lovchi bo'lgan.
Mahalliy politsiyaga ko'ra, fojia yo'l harakati qoidalariga amal qilmaslik natijasidir. Afg'onistonda avariyalar odatiy hol, yo'llar xarob, qoidalarga ko'pincha amal qilinmaydi.