Breaking News

Rossiyada samolyot qulab, 62 odam o'lgan


Dubayga qarashli Boeing 737 samolyoti Rossiyada qo'nayotib halokatga uchragan. Bortida O'zbekiston fuqarosi ham bo'lgan.
Dubayga qarashli Boeing 737 samolyoti Rossiyada qo'nayotib halokatga uchragan. Bortida O'zbekiston fuqarosi ham bo'lgan.

Rossiyaning Rostov Don shahri uzra samolyot qulab, uning bortidagi 62 odamning hammasi nobud bo'lgan. Dubayga qarashli Boeing 737 samolyoti qo'nayotib halokatga uchragan.

Rasmiylarning aytishicha, o'sha payt bortda 55 yo'lovchi va yetti nafar ekipaj a'zosi bo'lgan. Rossiya mutasaddilari gap ehtimol uchuvchi xatosi, yomon ob-havo yoki texnik nosozlikda bo'lishi mumkin va barchasi tergov qilinmoqda, deydi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari voqea joyidan ikki qora qutidan birini topgan. Undagi yozuv halokat sababini aniq aytishga yordam berishi mumkin.

Rossiya rahbari Vladimir Putinning aytishicha, marhumlar oilalariga yordam uzatish hozir ustuvor vazifadir.

Dubayda asoslangan FlyDubai va Boeing kompaniyalari marhumlarning oilalari va yaqinlariga hamdardlik izhor etdi. Yo'lovchilar orasida 33 ayol, 18 erkak va to'rt bola bo'lgan.

Samolyotdagilar orasida Rossiyaning 44, Ukrainaning sakkiz, Hindistonning ikki, O'zbekistonning bir fuqarosi bo'lgani ma'lum.

Ayon bo'lishicha, qattiq yomg'ir va shamol turgan paytda samolyot ikki soat aeroport uzra uchib, bir bor qo'nishga uringan-u, so'ng qulab yonib ketgan.

CCTV (China Central Television) telekanali Rostov Dondagi manbalardan olib uzatgan videoda halokat ro'y bergan lahzalarni ko'rish mumkin:

Hozircha bu ishlamaydi

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG