Breaking News

Afg’onistonda saylov komissiyasi atrofida mashmasha


Afg'onlar orasida saylov komissiyasiga ishonch har qachongidan past
Afg'onlar orasida saylov komissiyasiga ishonch har qachongidan past

Afg’onistonda o’tkazilgan barcha saylovlarda qallobliklar kuzatilgan. Odatda bu ishda amaldagi rahbar roli baland ekani ta’kidlanadi. 2014-yilgi prezident saylovida eng ko’p ovoz to’plagan ikki nomzod - Ashraf G’ani va Abdulla Abdulla koalitsion hukumat tashkil qilishdi. Bu ish AQSh vositachiligi bilan amalga oshdi. Nomzodlar o’rtasida imzolangan bitimning asosiy maqsadlaridan biri kelasi saylovning tiniq o’tkazilishini ta’minlash edi. Hukumat tuzilganiga uch yil bo’ldi. Lekin hanuz saylov komissiyasiga oid muammolar hal etilmagan.

Afg'onistonda saylov komissiyasi qanchalik mustaqil?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:27 0:00

Bundan bir yil oldin mustaqil saylov komissiyasi raisi etib tayinlangan Najibulla Ahmadzoy Prezident Muhammad Ashraf G’ani farmoni bilan ishdan olindi. Sababi noaniq. Lekin Ahmadzoy prezident islohotlar tarafdori emas, deya da’vo qilgan. Saylov komissiyasi isloh qilina boshlagach, ikki rasmiyning munosabatlari buzilgan.

“Mening ishdan bo’shatilganim qonunga qarshi”,- deydi Ahmadzoy.

U, xalqqa murojaat qilar ekan, hukumatdan tiniq saylov o’tkazishni kutmang, deydi.

Prezident saroyiga ko’ra, Najibulla Ahmadzoy saylov mustaqil komissiyasining a’zolari taklifiga ko’ra vazifasidan chetlantirilgan.

“Saylov - muhim jarayon. Hukumat tegishli organlardan yangi raisni tanlash uchun nomzodlarni tanishtirishini so’raydi”,- deydi prezident so’zlovchisi Husayn Murtazaviy.

Ayrim kuzatuvchilar hukumatdan bu haqda to’liq ma’lumot so’ramoqda. Saylov kabi muhim idora rahbari ishdan olinishi uchun zarur dalillar kerak, deydi kuzatuvchilar.

Ayrim siyosiy guruhlar nazarida, saylov komissiyasi o’z ishonchini butkul boy bergan. Bu komissiya xalq ishonchini qozonishi mumkin emas.

“Saylov mustaqil komissiyasi bekor qilinib, uning o’rniga siyosiy guruhlar, xalqaro hamjamiyat va hukumat nazoratidagi yangi komissiyasi tuzilishi zarur. Bu saylov tiniqligi uchun juda muhim va ahmiyatlidir”,- deydi siyosiy faol Abdulsattor Murod.

Ba’zilar, prezidentning saylov komissiyasi raisini ishdan olgani harakatini islohotlar uchun bo’lishiga ta’kidlamoqda.

“Saylov komissiyalari a’zolarini ishdan olish bilan tiniq saylovga qo’l topa olmaymiz”,- deydi Sayid Javod Husayniy, siyosiy faol.

Mamlakatda parlament saylovi kelasi yilning 7-iyuliga belgilangan lekin saylov o’z vaqtida o’tkazilishiga ishonch past.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG