Breaking News

Minglab afg'onistonlik shialar Suriya rejimi himoyasiga otlandi


Suriyadagi afg'on jangchilari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:50 0:00

"Islomiy davlat" to'dasi Suriyada kuchaygach, Eron qo'shni davlatlardan sunniy jangarilarga qarshi kurashish uchun ko'ngilli shialarni yollay boshladi. Suriyada urush olovi pasayishi ortidan esa Eron va Saudiya Arabistoni o'rtasida ixtiloflar kuchaydi. Afg'oniston ikki raqib o'rtasidagi yashirin kurash markaziga tushib qolishdan xavotirda.

Qamar Bibining ikki nabirasi Afg'oniston armiyasi uchun ishlardi. Ammo Suriyada "Islomiy davlat" kuchayib, shialar uchun muqaddas dargohlarni vayron qila boshlagach, oilasi e'tiroziga qaramay, ular jangarilarga qarshi kurash uchun Yaqin Sharqqa yo'l oldi.

"Ota-onasi, hammamiz borma deb yalindik, lekin muqaddas maskanlarimizni himoya qilamiz, deyishdi. Ular yashirincha avval Eronga, keyin Suriyaga borishgan. Bizga telefon qilib o'sha yerdaliklarini aytishdi", - deydi Qamar Bibi.

Ikki shia afg'on yigiti Suriyada ikki yil urushdi. Bir necha oy avval halok bo'lgani xabari keldi. Ularning janozasi Eronning Mashhad shahrida o'tkazildi. Bibining aytishicha, Bahishti Raza deb nomlanadigan ulkan mozor Suriyada o'lganlar qabri bilan to'la.

Janoza xarajatlarini Eron hukumati qopladi. Marhumlarning otasi uchun muqaddas Karbalo shahriga safar uyushtirildi. Ularga boshqa yordam berilganmi, bu haqda Bibining xabari yo'q.

Afg'onistonning asosan shialar yashovchi bu shahrida Eronning ta'siri yaqqol seziladi: odamlarning tilida, kiyinishida. Kuzatuvchilarning aytishicha, Eron bu yerda urush uchun odamlarni ochiqchasiga yollagan.

Mahalliy shia ulamolari ham minbarlardan turib odamlarni Suriya urushida qatnashishga, muqaddas dargohlarni himoya qilishga chaqirgan.

"Nyu-York Tayms" xabariga ko'ra, Eron afg'onistonlik minglab shialarni Suriya urushiga yollagan. Sobiq lashkarboshi va mahalliy siyosatchi Ismoil Xon ham shunday fikrda.

"Ko'plab oilalar Suriyada o'lgan yaqinlarining jasadlarini olib kelib, shu yerda janoza o'qishdi. Matbuotda bu ko'p yoritildi. Eron yetakchisi hatto Suriyada yaqinini yo'qotgan oilalar bilan uchrashdi. Bu sir emas", - deydi u.

Suriya urushining tafti pasayib borayotgan bir paytda Eron va Saudiya Arabistoni o'rtasida nizo alanga olmoqda. Afg'oniston esa ikki raqib orasidagi yashirin kurash markaziga tushib qolishdan xavotirda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG