Breaking News

Tojikiston Afg'oniston bilan to'rt yangi hujjat imzoladi


Karzay va Rahmon, Dushanbe, 21-oktabr 2013
Karzay va Rahmon, Dushanbe, 21-oktabr 2013
Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay Dushanbega qilayotgan ikki kunlik rasmiy safari davomida Tojikiston rahbari Imamoli Rahmon bilan uchrashib, qator bitimlarga qo’l qo’ydi. Kuzatuvchilar nazarida Afg’oniston va Tojikiston mintaqaviy muammolarga yechim topishdan ancha uzoq. (Suratlar)

Afg'oniston-Tojikiston yangi bitimlar/Ravshan Shams
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:20 0:00
Yuklab oling

Har ikki rahbar saylov oldida turibdi. Karzayning Tojikistonga yettinchi marotaba qilgan bu safari uning prezident sifatidagi so’nggi tashrifi bo’lishi mumkin.

Dushanbeda 21-oktabr kuni to’rt hujjat imzolandi: sarhadlarni minalardan tozalash; o’zaro moliyaviy sug’urta masalalari; ikki davlat orasidagi bojxona masalalaridagi oldin qabul qilingan qarorlarga ilovalar va o’zaro memorandium.

Kelishuvga ko’ra, Afg’oniston va va Tojikiston o’rtasidagi Panj daryosida AQSh ko’magida qurilgan ko’priklardan foydalanish real hujjat bo’ldi.

Tojikistonlik sharqshunos jurnalist Mahkam Qodiriyning aytishicha, imzolangan hujjatlar aytarli u darajada muhim emas. Masalan, Afg’oniston orqali o’tadigan yangi temir yo’l qurilishi masalasi bo’lganda edi, gap boshqacha bo’lardi, deydi u.

Uning fikricha, Karzay saylov oldidan o’z hamkasbi bilan uchrashib, qandaydir kelishuvlarga borgan bo’lishi mumkin. Asl gap shunda bo’lishi kerak, deydi sharshunos.

Xo’jandlik ziyoli tadbirkor Barchinoy Qosimova o’zaro aloqalardan qoniqmasligini aytadi. Kommunikasion qamalda qolayotgan Tojikiston uchun Afg’oniston orqali quriladigan yangi temir yo’l rejasi muhim, deb hisoblaydi u.

“Bu qaror amalga oshsa, nur ustiga nur bo’lardi. Bu yo’l bilan biz okeanga chiqa olgan bo’lardik, yo’llar qamalidan xalos bo’lardik. Yana ta’kidlashim kerakki, forsiyzabon davlatlar- Eronu Afg’onistonu Tojikiston o’rtasida kelishilgn yangi telekanal haligacha ishga tushmayapti, vaholanki qarorlar qabul qilingan, apparaturalar keltirilgan. Bu telekanalning ishga tushishi o’nlab har qanday hujjatlardan foydaliroq bo’lardi”.
XS
SM
MD
LG