Breaking News

Tojikiston mustaqillikning 22 yilini nishonladi

Davlat yer qo'mitasi xodimi Ma'murjon Gadoyboyev jumhuriyat bayrog'ini ko'tarmoqda.
1/19 Davlat yer qo'mitasi xodimi Ma'murjon Gadoyboyev jumhuriyat bayrog'ini ko'tarmoqda.
Madaniyat va istirohat bog'larida qo'lbola bolalar atraksioni.
2/19 Madaniyat va istirohat bog'larida qo'lbola bolalar atraksioni.
Mahalliy ishchilar obodonchilik bilan band.
4/19 Mahalliy ishchilar obodonchilik bilan band.
Ko'chalarda kichik ta'mir ishlari
5/19 Ko'chalarda kichik ta'mir ishlari
Choljuvut qishlog'i qizlari obodonchilik ishlarida.
6/19 Choljuvut qishlog'i qizlari obodonchilik ishlarida.
Yangi dam olish maskanida ish qizg'in.
7/19 Yangi dam olish maskanida ish qizg'in.
Yangi maydon qurilishi.
8/19 Yangi maydon qurilishi.
Spitamen nohiya markazida Spitamengahaykal o'rnatilmoqda.
9/19 Spitamen nohiya markazida Spitamengahaykal o'rnatilmoqda.
Ichimlik suvi quvuri ta'mir qilinmoqda.
12/19 Ichimlik suvi quvuri ta'mir qilinmoqda.
Respublik nohiya va qishloqlarida zamonaviy binolar ana shunday ko'rinishda.
14/19 Respublik nohiya va qishloqlarida zamonaviy binolar ana shunday ko'rinishda.
Tojikistonda ko'plab xalqaro moliya institutlari respublika iqtisodini ko'tarishga yordam bermoqda.
15/19 Tojikistonda ko'plab xalqaro moliya institutlari respublika iqtisodini ko'tarishga yordam bermoqda.
Mehnat muhojirligida ishlangan pul hisobidan aholi mana shunday iy-joylar qurmoqda.
16/19 Mehnat muhojirligida ishlangan pul hisobidan aholi mana shunday iy-joylar qurmoqda.
Sho'rolar davridan beri ta'mirlanmagan yo'llar mana shunday sifatli  ishlanmoqda.
17/19 Sho'rolar davridan beri ta'mirlanmagan yo'llar mana shunday sifatli  ishlanmoqda.
Xitoyliklar yo'l sozlarkan, ularga mahalliy aholi ko'maklashmoqda.
18/19 Xitoyliklar yo'l sozlarkan, ularga mahalliy aholi ko'maklashmoqda.
Xitoylik yo'lsozlar nohiya markaziga olib kiruvchi yo'lni yangilamoqda.
19/19 Xitoylik yo'lsozlar nohiya markaziga olib kiruvchi yo'lni yangilamoqda.
Previous slide
Next slide
Tojikiston istiqlolning 22 yillini nishonladi. O’tgan davrda katta o’zgarishlar bo’ldi, mamlakat besh yillik fuqarolar urushini boshdan o’tkazdi.

Mintaqaning eng qashshoq mamlakati hisoblangan Tojikistonda (o’rtacha yillik maosh 1800-2000 dollar) aholi tez ko’paymoqda va 8,5 miionga yaqinlashgan.

2013-yilga kelib iqtisod yuksalayotgandek ko’rinsa-da, tahlilchilarga ko’ra, bunda mehnat muhojirlarining hissasi katta. Yiliga tovar ayirboshlash 5 millard dollardan ortiq. Bu 2002-yildan uch yarim barobar ziyod.

Rasmiylarga ko’ra, o’tgan sakkiz oy mobaynida ish izlab 610 mingdan ortiq odam respublikadan chiqib ketgan, 100 mingga yaqini xotin-qizlar. Mehnat muhojirlaridan qo’lma-qo’l berib yuboriladigan puldan tashqari, banklar orqali Tojikistonga birgina Rossiyadan yiliga 3 milliard dollardan oshiq pul keladi.

Rasmiy manbalar ishlab chiqarish yildan yilga ko’tarilayotganini ta’kidlasa, mustaqil tahlilchilar bozorlarda molning 90 foizga yaqinini chet el mahsuloti tashkil etishini aytadi.

Maorif sohasini rivojlantirish va kadrlar tayyorlash maqsadida joriy yilda 2 milliard 13 million somon (1 dollar = 4,85 somon) sarflangan bo’lsa, mahalliy ziyolilar fikricha, soha haligacha jiddiy islohotlarga muhtoj.

Faqat shu yilning o’zida respublikada 60 ga yaqin o’rta maktablar qurib foydalanishga topshirilgan, minglab o’quvchilar uchun qo’shimcha sinf xonalari qurilgan. Maorif vazirligiga ko’ra, ikki mingga yaqin malakali o’qituvchilar yetishmaydi.

Prezident Emomali Rahmon so’nggi chiqishida Rossiyadan to'rt ming rus o’qituvchisini Tojikistonga ishga chorlab, ular uchun yetarli maosh va turar-joy va’da qilgan. Eng oddiy maishiy qulayliklarsiz, olti oy chiroqsiz qanday ishlashi mumkinligini tasavvur qilish qiyin.

Tashqi iqtisodiy aloqalar va moliya sohasida Xitoyning ulushi tobora ko’payib, mahalliy matbuotda “xitoylashmoqdamiz” degan ibora tobora ko’p uchraydi.

Xususan, tashqi qarzning asosiy qismi Xitoyga to’g’ri keladi, aloqa va yo’l qurilishida ham xitoyliklar peshqadam.

Tom ma’nodagi energetik mustaqilikka erishish uchun Tojikiston hukumati bir qancha muhim qarorlar qabul qilgan, ammo energiya manbalari va kommunikatsiya masalalasida qo’shnilarga qaramlik hamon muammo.

Bunga yechim deb ko’rilgan Rog’un GESi qurilishi iqtisodiy loyihadan siyosiy masalaga aylanib, O’zbekiston bilan munosabatlarning yanada sovuqlashuviga sabab bo’ldi.

O’tgan yetti yilda energetika sektori rivojlanishi uchun 12 milliard somon sarflangan, yetmishdan ortiq kichik GESlar qurilgan. Lekin ba’zi rahbarlarning ta’kidlashicha, kichik gidrostansiyalar barpo etishda korrupsiya va puxta rejalanmagan loyihalar to'siq bo'layapti, chetdan olingan mablag’ talon-taroj qilinmoqda.

Shuningdek, tahlilchilar Tojikistonning tashqi dunyo bilan aloqalarida G’arb davlatlarining salmog’i ortib borayotganini qayd etadi. Masalan, USAID loyihalari orqali mustaqillik yillarida ko’rsatgan yordami 900 million dollardan ortgan.

Jamiyat uchun muhim sanalgan mudofaa va sog’liqni saqlash sohasida ham AQSh hukumati va xalqi tomonidan berilayotgan ko’mak salmoqli baholanadi. Faqat shu yilning o’zida Dushanbe, Istravshan, Xo'jand singari shaharlarda minglab odamlarga xizmat ko’rsatadigan tibbiyot va diagnostika markazlari qurilib, jihozlangan. Mahalliy mutaxassislar Fransiya, AQSh kabi davlatlarda malaka oshirib qaytishgan.
  • 16x9 Image

    Ravshan Shams

    Tojikistondagi jamoatchi muxbir. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy mavzularni yoritadi.

This item is part of
XS
SM
MD
LG