Breaking News

Donald Tramp Afg’onistonga nisbatan qanday siyosat olib boradi?


Afg’oniston 2001-yildan beri AQShning moliyaviy va harbiy yordamiga tayanib keladi. Ammo yangi prezident Donald Trampning siyosati bu xususda ancha ta’sirli bo’lishi tayin.

Isyonchi guruhlar jadal tarzda kuchayib borayotgan mamlakatni yakka-yolg’iz qoldirish, yordamni to’xtatish vaziyatni kutilmagan darajada salbiylashtirishi tabiiy. Afg’on xalqi Tramp bu mamlakatdagi isyonchilarni yo’q qilishda qat’iy qaror qabul qilishi zarurligini so’ramoqda.

Saylov kampaniyasida Afg’onistonni deyarli tilga olmagan Trampning so’nggi chiqishlari afg’onlarni umidvor qilmoqda.

Tinchlik ta’minlanishi, fisodni yo’q qilishi asosiy talab.

“Tolib va DAIShlarning soni oshib bormoqda. Vatanimiz notinch. Muhojirlar soni ko’paymoqda. Shunday bir sharoitda Amerikadan bizni yakka qoldirmasligini so’raymiz”, - deydi Muhammad Horun ismli fuqaro.

Donald Tramp AQShning Afg’onistonda g’alaba qozonishiga ishonch bildirgan.

Tahlilchi Asadulla Valvolijiga ko’ra, Tramp Afg’oniston xususidagi siyosatni o’zgartirishi lozim. Madad qanday taqsimlanayotgani va afg’on hukumatini jiddiy kuzatib borishi kerak. Amerikaning yordamchi bir o’lka o’laroq ko’maklarni nazorat qimasligi, yuz berayotgan o’zgarishlarga befarq qolishi hech bir davlatnining foydasiga emas.

“Amerika Afg’onistonga pul bersa, pulni ham korrupsiyachi maqomlar o’z chontagiga solsa, buncha pul yana qayerdan topiladi?”, - deydi Valvoliji.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 350 ming afg’on harbiylaridan 30 ming nafari ishga bormaydi. Bu sondagi odamlar nomiga maosh to’lanadi, lekin mablag’ kimning cho’ntagiga tushishi noma’lum. Hukumat bunday ma’lumotlarni tasdiqlamaydi.

“Afg’onlarga bo’layotgan yordamlar, bundan kelib chiqayotgan natija, tabiiyki, AQSh manfaatlarini ko’zlashi lozim, terrorzimga qarshi kurash ham xuddi shunday. Buning ikkalasi ham Donald Trampning siyosatiga bog’liq”, - deydi Ichki ishlar vazirligining strategik izlanishlar bo’yicha raisi Faromarz Tamanno.

Ayrim ekspertlar fikriga ko’ra, Tramp isyonchi guruhlarni yengmoqchi bo’lsa, Pokistonga bosim o’tkazishi lozim. Ask holda Afg’onistonni tark etgani yaxshi.

“Suriya va Iroqdan so’ng Afg’oniston DAISh faoliyatlari kuchaygan mamlakatlardan biri qatoriga kiradi. Agar Tramp DAIShni yengish yo’lidagi shiorlariga to’xtasa, va’dalarini amalda tatbiq qilsa, Afg’onistonda tinchlik ta’minlanishiga yordam bergan bo’ladi”, - deydi Asadulla Valvoliji.

AQSh va Rossiya azaliy raqiblar. Bu ikki yetakchi kuchlarning o’zaro raqobatlari Afg’oniston xavfsizligiga ham ancha ta’sir qilayotgani aytiladi. Rossiyaning toliblarni himoya qilayotgani va AQShning bu guruhga qarshi kurashayotgani yorqin misol.

“Terrorizm global hodisa. Terrorizmga qarchi kurash hamma davlatning vazifasi. O’ylaymanki, davlatlar mushtarak kurash bo’yicha kelishishdan boshqa chorasi yo’q”, - deydi tahlilchi Asadulla Valvoliji.

XS
SM
MD
LG