Breaking News

Hisobot: Afg'onistonda Xitoyga qarshi terrorchilar bazasi yo'q


Badaxshondagi afg'on askarlari

Mustaqil surishtiruv natijalariga ko'ra, Afg'oniston shimoli-sharqida AQSh havo hujumlari Xitoyga qarshi terrorchi guruh bazalarini nishonga olgani haqidagi da'volar asossiz.

Kobulda joylashgan Afg'oniston Tahlilchilar tarmog'ining ma'lum qilishicha, Badaxshonda o'tgan oy olib borilgan havo reydlari tekshirilganda, bu hududda uyg'ur ekstremistlari lageri joylashgani haqidagi ma'lumot o'z isbotini topmagan.

6-fevral kuni AQSh harbiylari e'lon qilgan bayonotda Badaxshondagi havo hujumlarida Sharqiy Turkiston islomiy harakatiga aloqador jangarilar nishonga olingani aytilgan edi.

Xitoy bu guruhni mamlakatdagi terror xurujlarini amalga oshirganlikda ayblaydi. Sharqiy Turkiston islomiy harakati, asosan, uyg'urlar yashovchi Shinjon viloyati mustaqilligi uchun kurashayotganini aytadi.

AQSh armiyasi so'zlovchisi kapitan Tom Gresbek tahlilchi guruh hisobotini o'rganib chiqqandan keyin unga munosabat bildirishini aytdi.

Pekin anchadan beri uyg'urlar terrorchi guruhining Afg'oniston va Pokistondan turib faoliyat yuritishini da'vo qilib keladi.

Tahlilchi guruh hisobotida AQSh amaliyotidan keyingi bayonotlar, o'lganlar soni bo'yicha farqli ma'lumotlar hamda AQSh va Afg'oniston rasmiylari ziddiyatli axborot bergani ham qayd etilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG