Breaking News

Pentagon rahbari Afg'onistonda


Kobul, 13-mart, 2018

Afg'oniston hukumati Tolibon bilan muloqotga tayyor. AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattis bugun Kobulga borib, Prezident Ashraf G'ani bilan uchrashgan. Vashington Kobul pozitsiyasini quvvatlamoqda.

Yaqinda 25 mamlakat vakillari ishtirokida o'tgan anjumanda G'ani NATO olqishi ostida Tolibonni siyosiy taraf sifatida tan olib, unga qonuniy muxolifat sifatida qarashga so'z berdi. Qurolini tashlagan jangarilar normal hayot boshlasa, hukumat ularni ish bilan ta'minlashga, ularga hujjat berishga rozi.

Tolibon hali so'nggi takliflarga javob bermagan. Biroq yaqinda "Amerika Ovozi" bilan intervyuda AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Elis Uels Tolibon bilan muzokara imkoniyati hali ham borligini aytganida, harakat bunga ijobiy javob bergan edi.

Mattis nazarida murosa qilishga tayyor toliblar, afsuski, ko'pchilik emas. Aksariyati harakatdan ajralib chiqqan va tinchlik istagan tomonlar, deydi Amerika Mudofaa vaziri.

Afg'oniston Bosh vaziri Abdulla Abdullaning aytishicha, shu kungacha Tolibon murosa qilishga shayligi haqida aniq bir gap aytmagan.

Mart oxirida Toshkentda Afg'oniston bo'yicha xalqaro anjuman o'tadi. Tolibon unda qatnashish uchun harakat qilmagan. O'zbekiston qo'shni davlat barqarorligi yo'lida hissa qo'shishga bel bog'lagan va tomonlarni muzokaraga chaqirmoqda.

Tolibon Elis Uelsning gaplariga munosabat bildirganida faqat Amerika hukumati bilan yuzma-yuz gaplashishga shayligini bayon etgan. Harakat Kobuldagi markaziy hukumatga ishonmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG