Breaking News

Aminyor - Afg’onistonda o’zbek tili va adabiyoti bo’yicha birinchi professor


Professor Nurulla Aminyor talabalari bilan

Afg’onistonning bir necha universitetlarida o’zbek tili va adabiyoti bo’limlari faol. Yuzlab yoshlar ona tillarida tahsil olmoqda. Mamlakat bosh qonunida o’zbek tiliga u ko’p qo’llanadigan hududlarda rasmiy maqom berilgandan beri bu tilda kitoblar chiqa boshladi. Hozirgacha o’zbek tilidagi yuzlab asarlar nashr etilgan. Lekin hanuz mutaxassislar ozligi asosiy muammo. “Amerika Ovozi” Afg’onistonda o’zbek tili va adabiyoti bo’yicha ilk bor professorlik imliy unvonini qozongan ustoz Nurulla Aminyor bilan subatda bo’ldi.

Juzjon universitetning Ta’lim va tarbiya fakulteti o’zbek tili va adabiyoti bo’limining boshlig’i Nurulla Aminyor mamlakatda o’zbek tili bo’yicha birinchi professordir. U 1983-yili Kobul universitetida tashkil qilingan o’zbek tili va adabiyoti bo’limining birinchi talabalaridandir. 30 yillik mehnati natijasida ushbu sohaning birinchi professori unvonini qozondi.

“Bu ilmiy yutuq xalqimiz uchun katta faxr-bayram. Turli xalqlar yashaydigan Afg’onistonda birinchi marta ushbu yutuqqa (professorlik ilmiy maqomiga) erishganimiz uchun faxrlamiz. Lekin bizning mas’uliyat yana-da ortdi, og’ir yuk-mas’uliyat yelkamizga qo’yiladi. Xalqimizning bizdan umidlari juda ko’p, agar biz o’sha istaklarga javob bera olsak, yoshlarga yordam bera olsakgina muvaffaqiyatga ertishgan bo’lamiz”,- deydi professor.

Suhbatdoshga ko’ra, Afg’onistonda o’zbek tili o’gir kunlarni ham boshdan kechirgan. O’zbek tilida o’qish va yozish man qilib qo’yilgan kezlari ham bo’lgan. Lekin hozir avhol yaxshilanib bormoqda.

“Biz qorong’i davrlardan o’tdik. O’zbek tili Afg’oniston konstitutsiyasida rasmiy til deb qabul qilindi. Shundan keyin ko’zga ko’rinarli ishlar bo’ldi, Bu katta o’zgarish”,- deydi Aminyor.

O’zbek tilini o’qishga imkoniyatlar yaratilgan bo’lsa-da, bu sohani bitirgan ko’pchilik yoshlar o’z o’qigan sohalari bo’yicha ish topa olmayapti. Domla hukumatning jiddiy e’tibori zarur ekanini ta’kidlaydi.

“Xalq umidsiz bo’lmasligi kerak. Agar xalqimiz, biz va tilimizning taqdiri shu ekan desa, tilning o’sish jarayoni to’xtab qoladi”, - deydi Juzjon universitetning Ta’lim va tarbiya fakulteti o’zbek tili va adabiyoti bo’limining boshlig’i Nurulla Aminyor.

O'zbek tili professori Nurulla Aminyor bilan suhbat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:22:13 0:00

Oliy o’quv vazirligi qonuniga ko’ra, universitet ustozlari magistr darajasida bo’lishi kerak. Afg’onistonda o’zbek tili va adabiyoti bo’yicha magistrlik uchun imkoniyat yo’q.

“Hukumat mutaxassis tarbiyalash uchun zamin yaratsin. O’zbeklar yashovchi hududlarda universitetlar tashkil qilinsin. Xorijiy ustozlar olib kelinsin. Bu yerdagi o’qituvchilarO’zbekiston, Turkiya, Turkmaniston kabi davlatlarga borib malaka oshirib kelishlari uchun imkoniyat yaratilsin”,- deydi domla Nurulla Aminyor.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG