Breaking News

Saylov yaqinlasharkan, Afg'onistonda o'zbeklarning asosiy tilagi tinchlik


Ovoz berishi kerak bo'lgan hamma saylovga chiqsin, deya undaydi faol o'zbeklardan biri, yurt kelajagi ustida gap ketmoqda
Ovoz berishi kerak bo'lgan hamma saylovga chiqsin, deya undaydi faol o'zbeklardan biri, yurt kelajagi ustida gap ketmoqda
Afg’onistonda aprel oyida prezident saylovlari. Targ’ibot ishlari avjida va jamoatchilik fikri o’rganilmoqda. Oddiy xalq esa, saylov erkin va adolatli o’tishi, xavfsizlik taminlanishi hamda iqtisodiy ahvol yaxshilanishini so’raydi.

Afg'oniston - O'zbeklar - Saylov - Abdulbasir Ilg'or
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:18 0:00
Yuklab oling

Saylov o’tmasligi mumkin deya taxmin qilayotganlar ko’p. Ayrimlar hozirgi vaz’iyatdan qarasak saylov uchun to’siqlar k’op deydi.

Bir tomondan, Amerika va Afg’oniston o’rtasida xavfsizlik kelishuvi imzolanmagan. Boshqa tomondan esa Tolibon tahdidni kuchaytirmoqda.

Saylov biz uchun muhim deya odamlarni faollikka undayotganlar ham ko’p.

“Menimcha, saylov yaqinlashib kelishi bilan yoshlarning qiziqishlari birozgina yaxshilangan. Nafaqat Juzjon balki butun Afg’oniston bo’ylab yoshlar qiziqmoqda va o’zlarining kelajagi yaxshi bo’lishi uchun umid qilmoqdalar. Saylovlar barcha uchun muhim, hamma qatnashishi kerak”,- deydi "Amerika Ovozi" bilan gaplashgan Aminulla ismli o'zbek.

Shibirg’on ahli orasida saylovlarga umidsizlik bilan qaraydiganlarni ham uchratasiz. O’tgan saylovlarda bizga ko’p va’da berdilar lekin saylov o’tishi bilan gapimiz rasmiylar qulog’iga yetmadi, deydi ular.

“O’tgan syalovlarda Afg’onistonning obodonligi va xavfsizlik ta'minlanishi uchun ko’p va’dalar berildi, lekin amalga oshmadi. Bundan keyin shunday bir odamga ovoz beramizki, afg’on vatandoshi bo’lsa va xizmat qilolsa”,- deydi o'zini Hoji Muhammad den tanishtirgan juzjonlik.

Xavfsizlik bitimi va saylovlar, bir-biri bilan uzviy bog’liqligi aytiladi, xavfsizlik kelishuvi imzolanmasa, kelajak mavhum, deydi afg’onlar.

Faollar deydiki, saylovda faol ovoz beriladi, lekin yutadigan odam xorij himoyasidagi odam bo’ladi.

“Afg’onistonda bu birinchi saylov emas. Xalq keng ko’lamda qatnashadi. Ularning xavotiri - saylovda qalloblik bo’lishi mumkin va kuchli kishilar va xorijıylar natijaga aralashishi mumkin", - deydi Mujibulla ismli o'zbek.

Ayrim o’zbeklarning aytishicha, Karzay xavfsizlik kelishuvi xususida bir qarorga kelmay, xalqning emas o’z shaxsiy manfaatini o’ylamoqda.

Agar xavfsizlik bitimi imzolanmasa, saylovlar bo’lib o’tmasa, Tolibon quturishi va hokimiyatga intilishi mumkin, bu degani qochqinlar soni yana ko’payishi mumkin, deydi afg’onlar.

“Biz bundan oldin Tolibon hukumati davrini tajriba qildik. Bitim imzolanmasa Tolibon yana hokim bo’lishi mumkin deb o’ylayman”,- deydi Inoyatulla, mahalliy o'zbeklardan biri.

Afg’onistonda prezedintlik uchun 11 kishi o’z nomzodini qo’ygan. Mahalliy hokimiyatlarga saylovlar ham o’sha kuni bo’lib o’tadi.
XS
SM
MD
LG