Breaking News

Afg'onistonda yoshlar kasbni o'zlari tanlashni xohlaydi


Afg'onistonda universitetga kirish imtihonlari topshirish uchun yig'ilgan yoshlar
Afg'onistonda universitetga kirish imtihonlari topshirish uchun yig'ilgan yoshlar

Afg’onistonda ilmga qiziqish kuchli. Maktabni bitirganlar o’zlari xohlagan mutaxassislikni egallash uchun harakat qiladi. Ular oliygohlarga kirish uchun tayyorlov kurslariga ham qatnaydi.

Yoshlarning ko’pchiligi tibbiyot,iqtisod va huquqni yoqtiradi. “Amerika Ovozi” bilan gaplashganlar deydiki, universitetlarga kirish juda qiyin.

“Men o’zim huquqni o’qimoqchiman. Har kimning o’zi tanlagan sohalari bor, Doktorlik, huquq, iqtisod. Sohalarni ba’zilar o’zlari tanlaydi ba’zilarning ota-onalari. Gohida ota-onalari tanlagan sohani yoshlar yoqtirmaydi. Ba’zi yoshlar tanlagan sohalarga ota-onalari rozilik bermaydi”, - deydi o’zini Muhammad A’lam deb tanishtirgan o’quvchi.

“Jurnalistikani ko’proq yoqtiraman. Bu sohaning vositasi bilan jamoa va xalqning ovozini hukumatga yektazishni va haqiqatni yoritishni xohlayman”,- deydi Arg’avon Ahmadi degan o’quvchi.

“Men tibni yoqtiraman, ota-onam ham shunga rozi. Xalqimiz juda mushkulda, xorijga borib darmon qilib kelayapdi. Men doktor bo’lib xalqimga xizmatchi bo’lmoqchiman”, - deydi Sayfulloh.

“Huquqni o’qimoqchiman. Adolat ta’minlanishini xohlayman. Har kim o’z haqqiga erishsin, har kim o’z haqqini olsin. Afg’onistonda yaxshi bir hukumat vujudga kelishini orzu qilaman”, - deydi Sojida.

Afg'onistonda Amerika universiteti ham bor
Afg'onistonda Amerika universiteti ham bor

Yoshlar fikricha, ota-onalar bolalarini majburlamay ular xohlayotgan kasbni egallashi uchun qo’llab-quvvatlashi kerak.

“Amerika Ovozi” bilan gaplashgan 51 o’quvchidan 33 foizining ota-onasi ular xohlayotgan kasb va yo’nalishga qarshi.

“Agar oilalar yoshlarni ular xohlayotgan sohani o’qishiga qo’ymaslikka harakat qilsa, oldini olsa, bu yoshlarga salbiy ta’sir qiladi. Yoshlar o’zlarini xohlamagan sohani o’rgana olmaydi, aksincha yoqtirayotgan sohani esa tezda egallaydi. Yoshlar xohlagan sohani oilalar qabul qilishi zarur”,- deydi Sayfulloh.

“Yoshlar biror sohani yoqtirsa birinchida oilasi bilan maslahat qilishi kerak deb o’ylayman. Lekin oilalar ham ularga qarshi bo’lmasin. Agar oilalar muvofiq bo’lmasa yoshlar muvaffaq bo’la olmaydi”,- deydi Arg’avon Ahmadiy.

Yoshlarning asosi maqsadi vatanga xizmat qilishdir. Tibbiyotni o’qiganlar doctor bo’lib, xalq salomatligiga qaramoqchi. Iqtisodni yoqtirayotganlar esa har jihatdan zaif jamiyat oldinga siljishi uchun mehnat qilmoqchi. Jurnalistikaga intilayotganlar esa haqiqat kuychilari bo’lish niyatida. Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o’rganish orzusida yurganlar ham ko’p.

Afg'oniston maktablarida
Afg'oniston maktablarida

XS
SM
MD
LG