Breaking News

Mesxet turklarini Amerikaga ko'chirish dasturi jonlanishi mumkin


Kongressmenlar mesxet turklari tadbirida
Amerika Qo’shma Shtatlarida mesxet turklari jamoasi kengaymoqda. Uzoq yillar O’zbekistonda yashagan bu xalq vakillari Sovet Ittifoqi qulaganidan so’ng vujudga kelgan mojaro bois Rossiyaga qochishga majbur bo’ldi. Ammo u yerda hayotlari yurishmadi. So’nggi yillarda mesxet turklari Amerikaga kela boshladi.

Mesxet yoki axalsix turklari o’zlarini axiska turklari deb ataydi. Asl vatani Gruziya taraflarda bo’lgan bu xalq tarixda bir necha bor surgun etilgan. Avval Gruziyadan Markaziy Osiyoga, so’ng O’zbekistondan Rossiyaga. O’zbekistonda katta yoshdagilar 1989-yil hodisalarini yaxshi eslaydi. Axiska turklari ham ularni esdan chiqarmagan.

Mesxet turklaridan Baxtiyor
Mesxet turklaridan Baxtiyor
"1989-yil voqealari boshimdan o'tgan. Yaxshi ish bo'lmagan", - deydi Baxtiyor aka. U fojia o'chog'i Farg'onada yashagan. Hozir Amerikaning Luisvill (Kentukki shtati) shahrida turadi.

Farg’ona voqealari mesxet turklari tarixida 1944-yil quvg’inidan 45 yil o’tib yangi fojia sifatida muhrlandi. Kongressda ko’rgazmaga qo’yilgan fotosuratlarni ko’rib, ona shahrimda o’smirlik paytimda ro’y bergan va o’zim guvoh bo’lgan voqealarni ko’z oldimdan o’tkazdim.

Mahaddin Ibragimov, mesxet-turklaridan
Mahaddin Ibragimov, mesxet-turklaridan
Mahaddin Ibragimov tug’ilib-o’sgan Sirdaryoni tark etganida 28 yoshda edi. Hozir Nyu-York shtatining Buffalo shahriday yashaydi.

"Ota-bobolarimiz o'zbeklar bilan 45-50 yil aka-ukadek yashagan. Davlat oraga nizo soldi", - deydi u.


Mahaddin Ibragimov bir necha ming millatdoshlari qatorida zudlik bilan O’zbekistondan Rossiyaga ko’chirildi.

AQShda mesxet turklari jamoasi rahbari Islom Shoxbandarov
AQShda mesxet turklari jamoasi rahbari Islom Shoxbandarov
Biroq u yerda bu xalq vakillari ko’plab huquqbuzarliklarga duch keldi, deydi jamoaning Amerikadagi rahbari Islom Shoxbandarov.

"Krasnodarda yashagan paytimizda kazaklar, mayda guruhlar va mahalliy hokimiyat tomonidan bizga qarshi qaratilgan adolatsizliklarga nisbatan chora ko’rilmasdi. Na pasport ololdik, na propiskaga qo’yishdi bizni", - deya eslaydi Islom Shoxbandarov.

Mesxet turklarini Amerikaga ko'chirish dasturi jonlanishi mumkin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:54 0:00
Yuklab oling

Gruziya hukumati axiska turklarini tarixiy vataniga qaytarishni istamadi. Inson huquqlari tashkilotlari yordamida 2004-2007-yillarda 10 mingdan ziyodi maxsus dasturga ko’ra AQShga ko’chib o’tdi. Hozirda 20 ming mesxet turklari Amerikaning 15 shtatida istiqomat qiladi.

Amerikadagi mesxet turklaridan Gulbahor Sayfullayeva
Amerikadagi mesxet turklaridan Gulbahor Sayfullayeva
Gulbahor Sayfullayeva 1989-yilgacha Samarqandda yashagan. Hozir 50 oila qatorida Nyu-York shtatining Buffalo shahrida turadi.

"Amerikada bizga yordam berishdi. Bolalarimizni, o'zimizni o'qitishdi. Ishga kirishimizga yordam berishdi. Endi qolgan opa-singillarimiz, o'g'illarimizni ham olib kelsak, xursand bo'lardik", - deydi u.

Mesxet turklari chorak asr oldingi voqealarni eslashni istamaydi. Ular Sovet Ittifoqi qulashidan oldin mamlakat bo’ylab avjga chiqqan millatchilikda hukumatni, Mehrali Xurishanov esa esa “Birlik” xalq harakatini ayblaydi. Uning aytishicha, mojaroni keltirib chiqarish ruslar, "Birlik" manfaatiga xizmat qilgan.

Mesxet turklarining Farg'onadagi fojiasi, 1989-yil
Mesxet turklarining Farg'onadagi fojiasi, 1989-yil
1989-yil voqealari sababi haligacha o’rganilmagan. Asli farg’onalik Baxtiyor aka yosh avlod Amerikada huquqshunoslikdan bilim olib, bir kun bu ishni tergov qilishiga, haqiqatni yuzaga chiqarishiga umid qiladi.

"O'zbekistonda 45 yil kamchiliksiz yashadik. Nimadan bo'ldi bu voqea? Nega bo'ldi? Xudo biladi. Bugungacha tergov bo'lmadi", - deydi u.

Mesxet turklarining Farg'onadagi fojiasi, 1989-yil
Mesxet turklarining Farg'onadagi fojiasi, 1989-yil

Axiska turklari, asosan, to’qqiz mamlakatda yashaydi. Eng ko’pi Qozog’iston, Ozarbayjon va Rossiyada.

Jamoa raisi Islom Shoxbandarovning aytishicha, yaqinda AQSh Kongressining 39 a’zosi hukumatga murojaat qilib, mesxet turklarini Rossiyadan Amerikaga ko’chirish dasturini jonlantirishni so’radi.

"Kelajakda yana 10 ming kishi kelishi mumkin", - deydi Shoxbandarov.

Fotoko’rgazmada ishtirok etgan ayrim qonunchilar bu xalqqa yordam qo’lini cho’zishga va’da berdi.

Amerikada mesxet turklari katta jamoa - Meskhetian Turks in America
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:34 0:00
  • 16x9 Image

    Odil Ruzaliev

    Odil O'zbek xizmatiga 2005-yilda kelgan. Diktor va prodyuser. AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) xalqaro aloqalar sohasida magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekiston TV 1-kanalida ingliz tilidagi yangiliklar – FCN (First Channel News) – ko'rsatuvining muallif-boshlovchisi edi. "Axborot" dasturida mehnat qilgan. Odil ko'p yillar AQShning Toshkentdagi elchixonasi axborot bo'limida ishlagan. O'zbek, ingliz va rus tillarida chop etilgan qator maqolalar muallifi. Farg'ona shahrida tug'ilgan.

    Odil Ruzaliev is a reporter, radio and TV anchor, web editor and producer for Voice of America’s Uzbek Service since 2005. Prior to joining VOA, he worked at the State Radio and TV of Uzbekistan, BBC International’s Central Asia region, and was a regular Contributor for CNN World Report. He has also worked as an Information Assistant at the US Embassy in Tashkent, Uzbekistan. He was the creator and host of the TV program First Channel News, Uzbekistan’s first English language news broadcast. In his spare time he is a freelance photographer. A native of Ferghana Valley, Uzbekistan, Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. In addition, he was an exchange student at Pace University in New York City and holds a master’s degree in international affairs from the Fletcher School of Law and Diplomacy at Tufts University in Medford, Massachusetts.

XS
SM
MD
LG